Sura Al-Ankabut (O‘rgimchak — العنكبوت) (Oyat 41)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




29 Al-Ankabut(العنكبوت), Oyat 41

مَثَلُ الَّذِينَ اتَّخَذُوا مِنْ دُونِ اللَّهِ أَوْلِيَاءَ كَمَثَلِ الْعَنْكَبُوتِ اتَّخَذَتْ بَيْتًا ۖ وَإِنَّ أَوْهَنَ الْبُيُوتِ لَبَيْتُ الْعَنْكَبُوتِ ۖ لَوْ كَانُوا يَعْلَمُونَ 41 ٤١

Allohni qo`yib, o`zga do`stlar tutganlarning misoli o`ziga uy tutgan o`rgimchakka o`xshaydir. Holbuki, eng zaif uy o`rgimchakning uyasidir. Koshki, bilsalar edi. (41)

Tafsir
Allohni qoʻyib, but, sanamlarga ibodat qiladigan, oʻshalardan foyda, shafoat kutadigan mushriklar xuddi dushmanlardan himoyalanish uchun oʻziga in qurib olgan oʻrgimchakka oʻxshaydilar. Eng nimjon uy oʻrgimchak uyasidir. U dushmandan himoya qila olmaydi. Shunga oʻxshab, but, sanamlardan ham foyda yoʻq. Ular ham na bir foyda yoki zarar qila oladilar va na bir shafoat. Mushriklar shuni bilganlarida edi, Allohni qoʻyib, but, sanamlarga ibodat qilmagan boʻlardilar.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin