Sura Ali 'Imran (Imron oilasi — آل عمران) (Oyat 110)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




3 Ali 'Imran(آل عمران), Oyat 110

كُنْتُمْ خَيْرَ أُمَّةٍ أُخْرِجَتْ لِلنَّاسِ تَأْمُرُونَ بِالْمَعْرُوفِ وَتَنْهَوْنَ عَنِ الْمُنْكَرِ وَتُؤْمِنُونَ بِاللَّهِ ۗ وَلَوْ آمَنَ أَهْلُ الْكِتَابِ لَكَانَ خَيْرًا لَهُمْ ۚ مِنْهُمُ الْمُؤْمِنُونَ وَأَكْثَرُهُمُ الْفَاسِقُونَ 110 ١١٠

Siz odamlar uchun chiqarilgan eng yaxshi ummat bo`ldingiz. Amru ma'ruf qilasiz, nahyu munkar qilasiz va Allohga iymon keltirasiz. Agar ahli kitoblar iymon keltirganlarida, o`zlariga yaxshi bo`lar edi. Ulardan mo`minlari bor. Ko`plari fosiqdirlar. (110)

Tafsir
Ey Muhammad alayhissalom ummati, sizlar odamlar uchun chiqarilgan, iymoningizda ham, amalingizda ham hammaga oʻrnak boʻladigan, odamlarga eng koʻp foydangiz tegadigan eng yaxshi ummat boʻldingizlar. Shariat buyurgan va aqlga ham toʻgʻri keladigan yaxshi ishlarga buyurasizlar, shariat taqiqlagan va aqlga ham toʻgʻri kelmaydigan yomon ishlardan qaytarasizlar. Allohga ishonasizlar va hamisha iymoningizni amalingiz tasdiqlab turadi. Agar ahli kitob - yahud va nasorolar Muhammad alayhissalom olib kelgan risolatga iymon keltirganlarida oʻzlari uchun - dunyo va oxiratlari uchun yaxshi boʻlardi. Ulardan juda ozchiligi iymonga keldi. Koʻpchiligi esa Allohning dini va shariatidan yuz oʻgirib ketdilar.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin