Sura Ali 'Imran (Imron oilasi — آل عمران) (Oyat 140)
Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.
Agar sizga jarohat yetgan bo`lsa, u qavmga ham shunga o`xshash jarohat yetgan. Bunday kunlarni odamlar orasida aylantirib turamiz. Toki, Alloh iymon keltirganlarni bilishi uchun va ulardan shahidlarni chiqarib olishi uchun. Va Alloh zolimlarni sevmas. (140)
Tafsir
Ey moʻminlar, Uhud kunida sizlar oʻlim va jarohat kabi musibatlarga yoʻliqqan boʻlsangizlar, xuddi shunday musibatlarga kofirlar ham yoʻliqdilar. Alloh kunlarni moʻminu kofir odamlar orasida aylantirib turadi. Istaganiga gʻalaba beradi, istaganiga magʻlubiyat. Bu ishlar ostida yetuk hikmatlar bor. Ulardan biri chin moʻminlarni munofiqlardan ajratib olish boʻlsa, yana biri Alloh taoloning Oʻzi istagan bandasini shahidlik maqomi bilan siylashidir. Alloh jihodni tark qilish bilan oʻziga oʻzi zulm qilganlarni yaxshi koʻrmaydi.
Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin
📖 Siz izlayotgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘xshash sura nomlari: