Sura Ali 'Imran (Imron oilasi — آل عمران) (Oyat 143)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




3 Ali 'Imran(آل عمران), Oyat 143

وَلَقَدْ كُنْتُمْ تَمَنَّوْنَ الْمَوْتَ مِنْ قَبْلِ أَنْ تَلْقَوْهُ فَقَدْ رَأَيْتُمُوهُ وَأَنْتُمْ تَنْظُرُونَ 143 ١٤٣

Duchor bo`lmasingizdan oldin o`limni orzu qilgan edingiz. Endi uni ko`rib, nazar solib turibsiz. (143)

Tafsir
Ey moʻminlar, Badr jangida shahid boʻlgan birodarlaringiz kabi Alloh yoʻlida shahid boʻlish uchun Uhud jangida kofirlarga roʻbaroʻ boʻlishni orzu qilardingiz. U paytda hali oʻlimning sharpasi va shiddati yoʻq edi. Mana endi Uhud kunida oʻsha orzuingizni oʻz koʻzingiz bilan koʻrib turibsiz.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin