Sura Ali 'Imran (Imron oilasi — آل عمران) (Oyat 173)
Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.
Ularga kishilar: «Albatta, odamlar sizga qarshi kuch to`pladilar, ulardan qo`rqinglar», deganda, iymonlari ziyoda bo`ldi va: «Bizga Allohning O`zi yetarli va U qanday ham yaxshi vakil», – dedilar. (173)
Tafsir
Ularga ayrim mushriklar: "Quraysh Abu Sufyon boshchiligida sizlarni batamom yoʻq qilish uchun son-sanoqsiz lashkar toʻplagan, ehtiyot boʻlinglar, ularga qarshi bora koʻrmanglar", desalar, bu gap ularning Allohga va Allohning vadasiga boʻlgan iymonlarini ziyoda qildi. "Alloh bizga kifoya qiladi, U ishlarimizni ishonib topshirishimiz uchun naqadar yaxshi Vakil", deya dadil qadamlar ila olgʻa bordilar.
Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin
📖 Siz izlayotgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘xshash sura nomlari: