Sura Ali 'Imran (Imron oilasi — آل عمران) (Oyat 193)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




3 Ali 'Imran(آل عمران), Oyat 193

رَبَّنَا إِنَّنَا سَمِعْنَا مُنَادِيًا يُنَادِي لِلْإِيمَانِ أَنْ آمِنُوا بِرَبِّكُمْ فَآمَنَّا ۚ رَبَّنَا فَاغْفِرْ لَنَا ذُنُوبَنَا وَكَفِّرْ عَنَّا سَيِّئَاتِنَا وَتَوَفَّنَا مَعَ الْأَبْرَارِ 193 ١٩٣

Robbimiz, biz nido qiluvchining «Robbingizga iymon keltiring!» deb nido qilayotganini eshitdik va iymon keltirdik. Robbimiz, bizning gunohlarimizni kechirgin va yomonliklarimizni o`chirgin hamda yaxshilar bilan birga o`ldirgin. (193)

Tafsir
Parvardigoro, biz iymonga chorlayotgan jarchi Muhammad alayhissalomning: "Yakka-yolgʻiz Parvardigoringiz Allohga iymon keltiring!" degan nidosini eshitdik va u davat qilayotgan Zotga iymon keltirdik, shariatiga ergashdik. Endi bizning gunohlarimizni yashirgin, sharmanda qilmagin, yomonliklarimizni kechirgin, ular tufayli bizni azoblamagin va yaxshi ishlarni qilishu yomon ishlardan tiyilishga ilhom berish bilan bizni solihlar safida oʻldirgin!

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin