Sura Ali 'Imran (Imron oilasi — آل عمران) (Oyat 199)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




3 Ali 'Imran(آل عمران), Oyat 199

وَإِنَّ مِنْ أَهْلِ الْكِتَابِ لَمَنْ يُؤْمِنُ بِاللَّهِ وَمَا أُنْزِلَ إِلَيْكُمْ وَمَا أُنْزِلَ إِلَيْهِمْ خَاشِعِينَ لِلَّهِ لَا يَشْتَرُونَ بِآيَاتِ اللَّهِ ثَمَنًا قَلِيلًا ۗ أُولَٰئِكَ لَهُمْ أَجْرُهُمْ عِنْدَ رَبِّهِمْ ۗ إِنَّ اللَّهَ سَرِيعُ الْحِسَابِ 199 ١٩٩

Albatta, ahli kitoblardan Allohga, sizlarga tushirilgan narsaga, ularga tushirilgan narsaga iymon keltiradiganlari, Allohga o`zini xor tutib bo`yin egadiganlari, Allohning oyatlarini arzon bahoga sotmaydiganlari bordir. Ana o`shalarga Robbilari huzurida ajr bordir. Albatta, Alloh tezhisob Zotdir. (199)

Tafsir
Ahli kitoblarning hammasi ham barobar emas. Ular orasida Allohga, sizlarga nozil qilingan haq va hidoyatga, oʻzlariga nozil qilingan kitoblaridagi xabarlarga iymon keltiradiganlari, paygʻambarlarni bir-biridan ajratmaydiganlari, Allohga oʻzini xor tutib, ajru savob umidida egiladiganlari, Allohning oyatlarini dunyoning arzimas matolariga sotib yubormaydiganlari bordir. Shunday sifatlarga ega boʻlganlarga Parvardigorlari huzurida buyuk ajru savoblar bordir. Alloh amallarni tez hisob-kitob qiladigan va ularga tez jazo yoki mukofot beradigan Zotdir.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin