Sura Ali 'Imran (Imron oilasi — آل عمران) (Oyat 23)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




3 Ali 'Imran(آل عمران), Oyat 23

أَلَمْ تَرَ إِلَى الَّذِينَ أُوتُوا نَصِيبًا مِنَ الْكِتَابِ يُدْعَوْنَ إِلَىٰ كِتَابِ اللَّهِ لِيَحْكُمَ بَيْنَهُمْ ثُمَّ يَتَوَلَّىٰ فَرِيقٌ مِنْهُمْ وَهُمْ مُعْرِضُونَ 23 ٢٣

Kitobdan nasiba berilganlarga qaramaysanmi?! Oralarida hukm yuritish uchun Allohning kitobiga chaqirilganlarida ulardan bir guruhlari yuz o`girib ortga qaytarlar. (23)

Tafsir
Ey Muhammad alayhissalom, yahudlar ahvoliga bir qarang. Alloh ularga Tavrot ilmidek bebaho nematni berib qoʻyibdi. Unda sizning paygʻambarligingizga dalolat qiluvchi hujjat bor. Endi ular oʻzaro ixtiloflariga Tavrotni hakam qilib olishga chaqirilsalar, olimlari va rahbarlaridan bir guruhi undan bosh tortyaptilar. Chunki bu ish ularning havoyi nafslariga mos tushmayapti. Axir ular oʻzlarini, Tavrotning tobelari, deya davo qilmasmidilar?! Shunday ekan, Tavrotni hakam qilib olishga birinchilardan boʻlib chopib kelishlari kerak emasmidi?

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin