Sura Ali 'Imran (Imron oilasi — آل عمران) (Oyat 6)
Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.
U sizlarni bachadonlarda xohlagan suvratga soladigan Zotdir. Undan o`zga iloh yo`q. U Aziyz va Hakiym Zotdir. (6)
Tafsir
Sizlarni onalaringiz qorinlarida erkak va ayol, chiroyli va xunuk, oq va qora qilib, Oʻzi istagancha turli xil suratlarda yaratgan Zot Allohdirki, Undan oʻzga chin mabud yoʻqdir. U Azizdirki, hech kim, hech narsa Undan gʻolib boʻla olmas. U har bir yaratishini, tadbirini, shariatini hikmat bilan qiladigan Zotdir.
Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin
📖 Siz izlayotgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘xshash sura nomlari: