Sura Ali 'Imran (Imron oilasi — آل عمران) (Oyat 97)
Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.
Unda ochiq alomatlar va maqomi Ibrohim bor. Kim unga kirsa, tinch bo`ladir. Odamlardan yo`lini topganlariga Alloh uchun Baytni haj qilmoq burchdir. Kimki kufr keltirsa, Alloh olamlardan behojatdir. (97)
Tafsir
Bu uyning fazli va sharafini koʻrsatib turadigan belgilar uning oʻzida mavjud. Unda qilinadigan ibodatlar, Ibrohim alayhissalom Kaba devorini koʻtarmoqchi boʻlganda ustida turgan malum va mashhur toshning oʻsha yerdaligi, unga kirib olgan odamning xavfu xatardan xoli boʻlishi kabi ishlar shular jumlasidandir. Yoʻl kirasiga va jismonan qodir odam haj ibodatlarini ado etish uchun shu Uyga borishi vojib boʻladi. Kim haj farzini inkor qilsa, Alloh u kofirdan ham va butun olamlardan ham Behojatdir.
Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin
📖 Siz izlayotgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘xshash sura nomlari: