Sura Sad (Sod — ص) (Oyat 26)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




38 Sad(ص), Oyat 26

يَا دَاوُودُ إِنَّا جَعَلْنَاكَ خَلِيفَةً فِي الْأَرْضِ فَاحْكُمْ بَيْنَ النَّاسِ بِالْحَقِّ وَلَا تَتَّبِعِ الْهَوَىٰ فَيُضِلَّكَ عَنْ سَبِيلِ اللَّهِ ۚ إِنَّ الَّذِينَ يَضِلُّونَ عَنْ سَبِيلِ اللَّهِ لَهُمْ عَذَابٌ شَدِيدٌ بِمَا نَسُوا يَوْمَ الْحِسَابِ 26 ٢٦

Ey Dovud, albatta, Biz seni yer yuzida xalifa qildik. Bas, odamlar orasida haq ila hukm yurit. Havoyi nafsga ergashma! Yana, u seni Allohning yo`lidan adashtirmasin. Albatta, Allohning yo`lidan adashadiganlarga, unutganlari uchun, hisob kunida shiddatli azob bordir. (26)

Tafsir
Ey Dovud, diniy va dunyoviy hukmlarni ijro etishing uchun seni yer yuziga xalifa qilib tayinladik. Bas, odamlar orasida adolat bilan hukm yurit. Hukm chiqarayotganingda havoyi nafsga ergashib, doʻstlik, qarindoshlik yoki adovat tufayli adolatdan chetlab ketma. Natijada havoyi nafs seni toʻgʻri yoʻldan ozdirib yubormasin. Allohning toʻgʻri yoʻlidan ozganlar uchun hisob kunini, yani, qiyomat kunini unutganlari bois qattiq azob bordir. Qiyomatni eslaganlarida undan qoʻrqqan va havoyi nafslariga ergashmagan boʻlardilar.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin