Sura Sad (Sod — ص) (Oyat 44)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




38 Sad(ص), Oyat 44

وَخُذْ بِيَدِكَ ضِغْثًا فَاضْرِبْ بِهِ وَلَا تَحْنَثْ ۗ إِنَّا وَجَدْنَاهُ صَابِرًا ۚ نِعْمَ الْعَبْدُ ۖ إِنَّهُ أَوَّابٌ 44 ٤٤

«Qo`lingga bir dastani ol-da, u bilan ur. Qasamingni buzma», (dedi). Biz uni sabrli topdik. U qanday ham yaxshi banda. Albatta, u o`ta qaytguvchidir. (44)

Tafsir
Ayyub xotinidan gʻazablanib, uni yuz darra uraman, deb qasam ichib qoʻygandi. Biz unga dedik: "Ey Ayyub, qasamingni bajarib qoʻyish uchun (yuz toladan iborat) bir bogʻ novdani olib, oʻsha bilan ur. Qasamingni buzma. Ayyub bir bogʻ novdani olib, oʻsha bilan xotinini urdi. Biz uni balolarga sabrli topdik. U naqadar yaxshi banda. U tavba-tazarrular ila Allohga koʻp qaytguvchidir.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin