Sura Az-Zumar (Guruhlar — الزمر) (Oyat 41)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




39 Az-Zumar(الزمر), Oyat 41

إِنَّا أَنْزَلْنَا عَلَيْكَ الْكِتَابَ لِلنَّاسِ بِالْحَقِّ ۖ فَمَنِ اهْتَدَىٰ فَلِنَفْسِهِ ۖ وَمَنْ ضَلَّ فَإِنَّمَا يَضِلُّ عَلَيْهَا ۖ وَمَا أَنْتَ عَلَيْهِمْ بِوَكِيلٍ 41 ٤١

Albatta, Biz odamlar uchun senga kitobni haq ila tushirdik. Bas, kim hidoyatga yursa, o`ziga foyda. Kim zalolatga ketsa, o`ziga zarar. Sen ularga vakil (qo`riqchi) emassan. (41)

Tafsir
Ey Paygʻambar, sizga Quronni haq ila odamlarni ogohlantirishingiz uchun nozil qildik. Bas, kim hidoyat topsa, oʻziga foyda. Uning hidoyatidan Allohga foyda yoʻq. Zero, Alloh undan Behojatdir. Kim adashsa, oʻziga zarar. Uning adashgani Allohga zarar qilmaydi. Siz ularni hidoyatga majburlab kiritishga vakil emassiz. Sizning vazifangiz yetkazib qoʻyish, xolos.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin