Sura An-Nisa (Ayollar — النساء) (Oyat 11)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




4 An-Nisa(النساء), Oyat 11

يُوصِيكُمُ اللَّهُ فِي أَوْلَادِكُمْ ۖ لِلذَّكَرِ مِثْلُ حَظِّ الْأُنْثَيَيْنِ ۚ فَإِنْ كُنَّ نِسَاءً فَوْقَ اثْنَتَيْنِ فَلَهُنَّ ثُلُثَا مَا تَرَكَ ۖ وَإِنْ كَانَتْ وَاحِدَةً فَلَهَا النِّصْفُ ۚ وَلِأَبَوَيْهِ لِكُلِّ وَاحِدٍ مِنْهُمَا السُّدُسُ مِمَّا تَرَكَ إِنْ كَانَ لَهُ وَلَدٌ ۚ فَإِنْ لَمْ يَكُنْ لَهُ وَلَدٌ وَوَرِثَهُ أَبَوَاهُ فَلِأُمِّهِ الثُّلُثُ ۚ فَإِنْ كَانَ لَهُ إِخْوَةٌ فَلِأُمِّهِ السُّدُسُ ۚ مِنْ بَعْدِ وَصِيَّةٍ يُوصِي بِهَا أَوْ دَيْنٍ ۗ آبَاؤُكُمْ وَأَبْنَاؤُكُمْ لَا تَدْرُونَ أَيُّهُمْ أَقْرَبُ لَكُمْ نَفْعًا ۚ فَرِيضَةً مِنَ اللَّهِ ۗ إِنَّ اللَّهَ كَانَ عَلِيمًا حَكِيمًا 11 ١١

Alloh sizga farzandlaringiz haqida vasiyat etib, bir o`g`ilga ikki qiz nasibasicha berishni amr etadi. Agar ular ikkitadan ko`p (ayol) bo`lsalar, ularga u (ota) qoldirganning uchdan ikkisi. Agar qiz bitta bo`lsa, unga yarmi. Agar u(mayyit)ning bolasi bo`lsa, u tark qilgan narsadan ota-onasining har biriga oltidan bir. Agar uning bolasi bo`lmasa va ota-onasi merosxo`r bo`lsa, onasiga uchdan bir. Agar uning aka-ukalari bo`lsa, onasiga oltidan bir. U qilgan vasiyat yoki qarzini ado etgandan so`ng. Otalaringiz va bolalaringizdan qaysi birlari sizga manfaatliroq ekanini bilmassizlar. Bu, Alloh joriy qilgan farzdir. Albatta, Alloh biluvchi va hikmatli Zotdir. (11)

Tafsir
Alloh bolalaringizning merosi haqida amr etadi. Bir oʻgʻilga ikki qiz ulushi. Oʻgʻil boʻlmasdan bir necha qizlar boʻlsa, ularga uchdan ikkisi tegadi. Agar qiz yolgʻiz boʻlsa, unga merosning yarmi. Marhumning oʻgʻil yo qizi boʻlsa, otasi ham, onasi ham oltidan bir ulush oladilar. Ota-onasidan boshqa merosxoʻri boʻlmasa, onasiga uchdan biri, qolgani otasinikidir. Marhumning ikki yoki undan ortiq aka-uka yoki opa-singillari boʻlsa, ular tugʻishgan boʻlishi yo boʻlmasligidan qati nazar, onasiga oltidan bir ulush tegadi. Qolganini esa asaba sifatida ota oladi. Ota borligi tufayli aka-ukalarga merosdan ulush tegmaydi. Bu taqsimot marhum qilib ketgan vasiyat ado etilganidan keyin boʻladi. Vasiyatning ikki sharti bor. Birinchidan, vasiyat mayyit qoldirib ketayotgan tarikaning - mulkning uchdan biridan oshmasligi, ikkinchidan, uning boʻynidagi qarzi ado etilgan boʻlishi shart. Alloh meros taqsimoti shunday boʻlishini tayinladi. Chunki sizlar otalaringiz va bolalaringizdan qaysi biri sizlarga dunyoyu oxiratda koʻproq foyda keltirishini bilmaysizlar. Gohida oʻlimi yaqinlashayotgan odam bir merosxoʻrini yaxshi deb oʻylab, hamma mulkini unga berib yuboradi yoki boshqa bir merosxoʻrini yomon deb oʻylab, uni merosdan mahrum qiladi. Aslida esa holat tamoman aksi boʻlishi ham mumkin. Bu ishlarning hammasini yolgʻiz Allohgina biladi. Hech ish U Zotdan yashirin emas. Shuning uchun merosni mazkur tarzda taqsim etib, uni bandalariga farz qildi. Alloh bandalariga nima foydali ekanini yaxshi biladigan, har bir shariatini, tadbirini hikmat bilan qiladigan Zotdir.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin