Sura An-Nisa (Ayollar — النساء) (Oyat 141)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




4 An-Nisa(النساء), Oyat 141

الَّذِينَ يَتَرَبَّصُونَ بِكُمْ فَإِنْ كَانَ لَكُمْ فَتْحٌ مِنَ اللَّهِ قَالُوا أَلَمْ نَكُنْ مَعَكُمْ وَإِنْ كَانَ لِلْكَافِرِينَ نَصِيبٌ قَالُوا أَلَمْ نَسْتَحْوِذْ عَلَيْكُمْ وَنَمْنَعْكُمْ مِنَ الْمُؤْمِنِينَ ۚ فَاللَّهُ يَحْكُمُ بَيْنَكُمْ يَوْمَ الْقِيَامَةِ ۗ وَلَنْ يَجْعَلَ اللَّهُ لِلْكَافِرِينَ عَلَى الْمُؤْمِنِينَ سَبِيلًا 141 ١٤١

Ular sizlarni kuzatib tururlar. Sizlarga Alloh tomonidan fath bo`lsa: «Sizlar bilan birga emasmidik?!» derlar. Agar kofirlarga nasiba bo`lsa: «Sizlarga ustun kelib, mo`minlardan himoya qilmadikmi?» derlar. Alloh qiyomat kuni ular orasida hukm qilur. Alloh hargiz kofirlarga mo`minlar ustidan yo`l bermas. (141)

Tafsir
Ular sizlarning gʻalabangizni ham, magʻlubiyatingizni ham kuzatib-poylab turadilar. Alloh tarafidan sizlarga zafar kelib, oʻljalarni qoʻlga kirita boshlasangizlar, oʻljalarga sherik boʻlish uchun: "Sizlar bilan birga yelkama-yelka turmaganmidik?", deyishadi. Gʻalaba kofirlarga nasib boʻlsa, ularga qarab: "Sizlarni biz boshqarib, ishlaringizga bosh-qosh boʻlib, moʻminlardan himoya qilib turmaganmidik?", deyishadi. Qiyomat kunida hammangizning oʻrtangizda Allohning Oʻzi hakamlik qiladi. Moʻminlarga jannatni mukofot qilib beradi. Munofiqlarni esa doʻzaxning tubiga uloqtirib jazolaydi. Alloh Oʻz fazli ila qiyomat kuni kofirlar uchun moʻminlarga qarshi biron hujjatni hargiz qoldirmaydi. Modomiki, moʻminlar iymoniga sodiq qolib, shariatga amal qilar ekanlar, oqibatni faqat ularga xos qilib qoʻyadi.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin