Sura An-Nisa (Ayollar — النساء) (Oyat 57)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




4 An-Nisa(النساء), Oyat 57

وَالَّذِينَ آمَنُوا وَعَمِلُوا الصَّالِحَاتِ سَنُدْخِلُهُمْ جَنَّاتٍ تَجْرِي مِنْ تَحْتِهَا الْأَنْهَارُ خَالِدِينَ فِيهَا أَبَدًا ۖ لَهُمْ فِيهَا أَزْوَاجٌ مُطَهَّرَةٌ ۖ وَنُدْخِلُهُمْ ظِلًّا ظَلِيلًا 57 ٥٧

Iymon keltirgan va solih amallarni qilganlarni, albatta, ostidan anhorlar oqib turgan jannatlarga kiritarmiz. Unda abadiy, boqiy qolurlar. Unda ularga pokiza juftlar bor. Va ularni quyuq soyalarga kiritarmiz. (57)

Tafsir
Allohga iymon keltirib, paygʻambarlariga ergashib, toat-ibodat qilganlarni yaqinda (Qiyomat kunida) qasrlari ostidan anhorlar oqib turadigan jannatlarga kiritamiz. U yerlarda abadiy qoladilar. Ular uchun u yerlarda har qanday kirlikdan pokiza juftlar bor. Ularni na sovuq va na issiqning tasiri boʻlmaydigan quyuq, keng soyalar ostiga kiritamiz.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin