Sura An-Nisa (Ayollar — النساء) (Oyat 77)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




4 An-Nisa(النساء), Oyat 77

أَلَمْ تَرَ إِلَى الَّذِينَ قِيلَ لَهُمْ كُفُّوا أَيْدِيَكُمْ وَأَقِيمُوا الصَّلَاةَ وَآتُوا الزَّكَاةَ فَلَمَّا كُتِبَ عَلَيْهِمُ الْقِتَالُ إِذَا فَرِيقٌ مِنْهُمْ يَخْشَوْنَ النَّاسَ كَخَشْيَةِ اللَّهِ أَوْ أَشَدَّ خَشْيَةً ۚ وَقَالُوا رَبَّنَا لِمَ كَتَبْتَ عَلَيْنَا الْقِتَالَ لَوْلَا أَخَّرْتَنَا إِلَىٰ أَجَلٍ قَرِيبٍ ۗ قُلْ مَتَاعُ الدُّنْيَا قَلِيلٌ وَالْآخِرَةُ خَيْرٌ لِمَنِ اتَّقَىٰ وَلَا تُظْلَمُونَ فَتِيلًا 77 ٧٧

Qo`lingizni tiying, namoz o`qib, zakot bering, deb aytilgan kimsalarni ko`rmaysanmi?! Ularga urush farz qilinganda, birdan, bir guruhlari odamlardan xuddi Allohdan qo`rqqandek yoki undan ham qattiqroq qo`rqishmoqda. Va: «Ey Robbimiz, bizga urushni nega farz qilding, biroz ortga surib tursang bo`lmasmidi?!» demoqdalar. «Dunyoning matohi oz, oxirat esa, taqvo qilganlarga yaxshidir. Va qilchalik zulm qilinmassizlar», deb ayt. (77)

Tafsir
Ey Paygʻambar alayhissalom, ayrim sahobalaringizning ahvoliga bir qarang! Oldiniga Makkada jihod farz qilinishini soʻradilar. Oʻshanda ularga: "Jangdan qoʻlingizni tortingiz, namozni ado etingiz, zakotni beringiz", deyilgandi. Mana endi Madinaga kelib, jihod farz qilinganidan keyin uni ogʻir olib, odamlardan xuddi Allohdan qoʻrqqandek, balki undan ham qattiqroq qoʻrqa boshladilar va dedilar: "Parvardigor, nega bizga jangni farz qilding? Uni sal ortga surib turganingda edi, dunyo lazzatlaridan foydalanib olardik". Ey Paygʻambar alayhissalom, siz ularga shunday javob bering: "Dunyo lazzati har qancha buyuk boʻlmasin, oʻtkinchidir. Allohdan taqvo qiladiganlar uchun esa oxirat yaxshiroqdir. Negaki, undagi nematlar abadiydir, tuganmasdir. Sizlar qancha koʻp yaxshi amallar qilsangizlar, oʻshanga yarasha ajru savobga noil boʻlasizlar. Ajru savobingiz qilcha ham kamaytirilmaydi.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin