Sura An-Nisa (Ayollar — النساء) (Oyat 89)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




4 An-Nisa(النساء), Oyat 89

وَدُّوا لَوْ تَكْفُرُونَ كَمَا كَفَرُوا فَتَكُونُونَ سَوَاءً ۖ فَلَا تَتَّخِذُوا مِنْهُمْ أَوْلِيَاءَ حَتَّىٰ يُهَاجِرُوا فِي سَبِيلِ اللَّهِ ۚ فَإِنْ تَوَلَّوْا فَخُذُوهُمْ وَاقْتُلُوهُمْ حَيْثُ وَجَدْتُمُوهُمْ ۖ وَلَا تَتَّخِذُوا مِنْهُمْ وَلِيًّا وَلَا نَصِيرًا 89 ٨٩

Ular siz ham xuddi o`zlaridek kofir bo`lib, ularga tenglashishingizni xohlarlar. Toki Alloh yo`lida hijrat qilmagunlaricha, ulardan do`st tutmang. Agar yuz o`girib ketsalar, bas, ularni tuting va qayerda topsangiz, o`ldiring. Ulardan do`st ham, yordamchi ham tutmang. (89)

Tafsir
Munofiqlar oʻzlariga oʻxshab sizlar ham nozil qilingan risolatga kufr keltirib, kofirlikda ular bilan barobar boʻlib qolishlaringizni umid qiladilar. Shunday boʻlgach, sizlar to ular moʻminligini isbotlash uchun shirk diyoridan Islom diyoriga Alloh yoʻlida hijrat qilmagunlaricha ularni doʻst tutmanglar! Agar yuz oʻgirsalar va boyagidek oʻz ahvolida qolaversalar, ularni topgan joyingizda tutib oʻldiringiz va ulardan birontasini ham dushmanga qarshi koʻmaklashadigan yordamchi va doʻst tutmangiz!

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin