Sura Ash-Shura (Maslahat — الشورى) (Oyat 21)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




42 Ash-Shura(الشورى), Oyat 21

أَمْ لَهُمْ شُرَكَاءُ شَرَعُوا لَهُمْ مِنَ الدِّينِ مَا لَمْ يَأْذَنْ بِهِ اللَّهُ ۚ وَلَوْلَا كَلِمَةُ الْفَصْلِ لَقُضِيَ بَيْنَهُمْ ۗ وَإِنَّ الظَّالِمِينَ لَهُمْ عَذَابٌ أَلِيمٌ 21 ٢١

Yoki ularning dindan Alloh izn bermagan narsalarni shariat qilib bergan sherik(xudo)lari bormi?! Agar ajrim kalimasi bo`lmaganida, albatta, ular o`rtasida hukm qilingan bo`lar edi. Albatta, zolim kimsalar uchun alamli azob bordir. (21)

Tafsir
Yoki anavi mushriklarning Allohdan boshqa xudolari bormiki, ularga dindan shirk, halolni harom qilish, haromni esa halol qilish kabi Alloh izn bermagan narsalarni shariatlashtirib bergan boʻlsalar. Agar Alloh yaxshi bilan yomonni ajratish uchun ajrim kunini aniq belgilab qoʻymaganida ular ustidan hukm chiqarilgan boʻlardi. Shirku masiyatlar ila oʻz joniga jabr qilgan zolimlar uchun Qiyomat kuni alamli azob bordir.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin