Sura Ash-Shura (Maslahat — الشورى) (Oyat 50)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




42 Ash-Shura(الشورى), Oyat 50

أَوْ يُزَوِّجُهُمْ ذُكْرَانًا وَإِنَاثًا ۖ وَيَجْعَلُ مَنْ يَشَاءُ عَقِيمًا ۚ إِنَّهُ عَلِيمٌ قَدِيرٌ 50 ٥٠

Yoki ularni juftlab — o`g`il-qiz qilib berur va xohlagan kishisini tug`mas qilur. Albatta, U zot o`ta bilguvchi va o`ta qodirdir. (50)

Tafsir
Samolar mulki ham, zamin mulki ham Allohnikidir. Oʻgʻil boʻlsin, qiz boʻlsin, istaganini yaratadi. Xohlagan odamiga qiz berib, oʻgʻil bermaydi. Xohlagan odamiga oʻgʻil berib, qiz bermaydi. Xohlagan odamiga qiz ham, oʻgʻil ham beradi. Xohlagan odamiga qiz ham, oʻgʻil ham bermay, befarzand, bepusht qilib qoʻyadi. U Zot shu vaqtga qadar boʻlib oʻtgan ishlardan ham, endi boʻladigan ishlardan ham Xabardor. Uning ilmi ham, hikmati ham yetuk, benuqson. Biron narsa U Zotdan yashirin qola olmas. Qoʻlidan kelmaydigan biron ish yoʻq.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin