Sura Muhammad (Muhammad ﷺ — محمد) (Oyat 3)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




47 Muhammad(محمد), Oyat 3

ذَٰلِكَ بِأَنَّ الَّذِينَ كَفَرُوا اتَّبَعُوا الْبَاطِلَ وَأَنَّ الَّذِينَ آمَنُوا اتَّبَعُوا الْحَقَّ مِنْ رَبِّهِمْ ۚ كَذَٰلِكَ يَضْرِبُ اللَّهُ لِلنَّاسِ أَمْثَالَهُمْ 3 ٣

Undoq bo`lishiga, albatta, kufr keltirganlarning botilga ergashganlari va iymon keltirganlarning Robbilaridan bo`lgan haqqa ergashganliklari sababdir. Alloh kishilarga o`zlarining misollarini shunday keltirar. (3)

Tafsir
Biriga mukofot, yana biriga jazo berilishining sababi shuki, Allohga kufr keltirgan kimsalar botilga ergashdilar. Allohga va paygʻambariga iymon keltirgan zotlar esa Parvardigorlari tarafidan kelgan haqqa ergashdilar. Bu ikki guruhning, yani, moʻminlar va kofirlar guruhining hukmini Alloh bayon qilib qoʻygan. Ularning qilgan ishlari turlicha boʻlgani uchun oqibati ham turlicha boʻladi. Biri mukofot olsa, boshqasi jazolanadi. Xullas, har kim ekkanini oʻradi.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin