Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.
Balki sizlar, Rasul va mo`minlar abadiy o`z ahllariga qaytib kelmaslar, deb gumon qildingiz va bu narsa qalbingizda ziynatlandi, yomon gumon qildingiz va yomon qavm bo`ldingiz. (12)
Tafsir
Bu bir bahona, xolos. Sizlar mol-dunyolariningiz va bola-chaqalaringiz bilan ovora boʻlib qolmagansizlar, balki Paygʻambar va uning sahobalari hammasi oʻlib ketadi, Madinaga qaytib kelmaydi, deb oʻylagansizlar va Shayton bu oʻyinni qalbingizga chiroyli qilib koʻrsatgan. Sizlar Alloh paygʻambarini qoʻllab-quvvatlamaydi, deb oʻylab, Parvardigoringiz haqida juda yomon gumonga borgansizlar. Xullas, Alloh haqida yomon gumonga borganingiz va paygʻambariga hamroh boʻlmaganingiz sababli sizlar halokatga loyiq yomon qavm boʻldingiz.
Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin
📖 Siz izlayotgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘xshash sura nomlari: