Sura Soff (Saf — الصف) (Oyat 14)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




61 Soff(الصف), Oyat 14

يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا كُونُوا أَنْصَارَ اللَّهِ كَمَا قَالَ عِيسَى ابْنُ مَرْيَمَ لِلْحَوَارِيِّينَ مَنْ أَنْصَارِي إِلَى اللَّهِ ۖ قَالَ الْحَوَارِيُّونَ نَحْنُ أَنْصَارُ اللَّهِ ۖ فَآمَنَتْ طَائِفَةٌ مِنْ بَنِي إِسْرَائِيلَ وَكَفَرَتْ طَائِفَةٌ ۖ فَأَيَّدْنَا الَّذِينَ آمَنُوا عَلَىٰ عَدُوِّهِمْ فَأَصْبَحُوا ظَاهِرِينَ 14 ١٤

Ey, iymon keltirganlar! Allohning yordamchilari bo`ling! Iyso ibn Maryam havoriylarga: «Kim Alloh uchun mening yordamchim(bo`ladi)?» deganida, havoriylar: «Biz Allohning yordamchilarimiz», dedilar. Bas, Bani Isroildan bir toifa iymon keltirdi va bir toifa kofir bo`ldi. Bas, Biz iymon keltirganlarni dushmanlari ustidan qo`llab-quvvatladik. Va ular g`olib bo`ldilar. (14)

Tafsir
Ey Allohga iymon keltirgan va U Zotning shariatiga amal qiladigan zotlar, Iyso ibn Maryam havoriylarga: "Alloh uchun kim mening yordamchilarim boʻladi", deganida havoriylar: "Biz Allohning yordamchilarmiz", dedilar. Sizlar ham xuddi oʻsha havoriylardek Allohning yordamchilari boʻlib, paygʻambaringiz olib kelgan dinni qoʻllab-quvvatlanglar. Oʻshanda Bani Isroildan bir toifa Iyso alayhissalomga iymon keltirib, boshqa bir toifa kufr keltirgandi. Bas, iymon keltirgan zotlarni qoʻllab-quvvatlab, kofirlardan ustun qildik va ular gʻolib boʻldilar.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin