Sura Al-Ma'idah (Dasturxon — المائدة) (Oyat 107)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




5 Al-Ma'idah(المائدة), Oyat 107

فَإِنْ عُثِرَ عَلَىٰ أَنَّهُمَا اسْتَحَقَّا إِثْمًا فَآخَرَانِ يَقُومَانِ مَقَامَهُمَا مِنَ الَّذِينَ اسْتَحَقَّ عَلَيْهِمُ الْأَوْلَيَانِ فَيُقْسِمَانِ بِاللَّهِ لَشَهَادَتُنَا أَحَقُّ مِنْ شَهَادَتِهِمَا وَمَا اعْتَدَيْنَا إِنَّا إِذًا لَمِنَ الظَّالِمِينَ 107 ١٠٧

Agar ikkovlarining gunohlari bilinib qolsa, o`rinlariga ustilariga nohaqlik tushgan yaqinlardan ikkitalari o`turlar va Alloh ila qasam ichib: «Bizning guvohligimiz ularning guvohliklaridan to`g`riroq va biz tajovuz qilmadik. Agar qilgan bo`lsak, albatta, zolimlardan bo`lurmiz», deyishadi. (107)

Tafsir
Ular ichgan qasamlar yoki ular bergan guvohliklarning yolgʻonligi ochilib qolsa, xiyonatlari fosh boʻlsa, ularning oʻrnini bosadigan boshqa ikki kishi guvohlik bersin. Bu ikki kishi mayyitga yaqin kishilar boʻlib: «Bizning bergan guvohligimiz ularning guvohligidan toʻgʻriroq va biz haddimizdan oshib, yolgʻon guvohlik berayotganimiz yoʻq. Yolgʻon guvohlik beradigan boʻlsak, hech shak-shubhasiz, haddidan oshgan zolimlardan boʻlib qolamiz», deb Alloh nomiga qasam ichadilar.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin