Sura Al-Ma'idah (Dasturxon — المائدة) (Oyat 3)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




5 Al-Ma'idah(المائدة), Oyat 3

حُرِّمَتْ عَلَيْكُمُ الْمَيْتَةُ وَالدَّمُ وَلَحْمُ الْخِنْزِيرِ وَمَا أُهِلَّ لِغَيْرِ اللَّهِ بِهِ وَالْمُنْخَنِقَةُ وَالْمَوْقُوذَةُ وَالْمُتَرَدِّيَةُ وَالنَّطِيحَةُ وَمَا أَكَلَ السَّبُعُ إِلَّا مَا ذَكَّيْتُمْ وَمَا ذُبِحَ عَلَى النُّصُبِ وَأَنْ تَسْتَقْسِمُوا بِالْأَزْلَامِ ۚ ذَٰلِكُمْ فِسْقٌ ۗ الْيَوْمَ يَئِسَ الَّذِينَ كَفَرُوا مِنْ دِينِكُمْ فَلَا تَخْشَوْهُمْ وَاخْشَوْنِ ۚ الْيَوْمَ أَكْمَلْتُ لَكُمْ دِينَكُمْ وَأَتْمَمْتُ عَلَيْكُمْ نِعْمَتِي وَرَضِيتُ لَكُمُ الْإِسْلَامَ دِينًا ۚ فَمَنِ اضْطُرَّ فِي مَخْمَصَةٍ غَيْرَ مُتَجَانِفٍ لِإِثْمٍ ۙ فَإِنَّ اللَّهَ غَفُورٌ رَحِيمٌ 3 ٣

Sizlarga o`limtik, qon, cho`chqa go`shti, Allohdan boshqaning nomi ila so`yilgan, bo`g`ilib o`lgan, urib o`ldirilgan, yiqilib o`lgan, suzib o`ldirilgan, yirtqich yegan hayvonlar harom qilindi. Magar, (o`lmay turib) so`yib olsangiz (halol). Va butlarga so`yilgan hayvonlar ham, cho`plar ila fol ochishingiz ham harom qilindi. Bunday qilmog`ingiz fosiqlikdir. Bugungi kunda kufr keltirganlar diningizga zarar yetkazishdan umid uzdilar. Ulardan qo`rqmanglar, Mendan qo`rqinglar. Bugungi kunda Men sizning diningizni mukammal qilib berdim. Sizga ne'matimni batamom qildim. Va sizga Islomni din deb, rozi bo`ldim. Kimki gunohga moyil bo`lmagan holida ochlikda muztar bo`lsa, albatta, Alloh mag`firatli va rahimli Zotdir. (3)

Tafsir
Alloh sizlarga soʻyilmasdan oʻzi oʻlgan hayvonni, oqqan qonni, toʻngʻiz goʻshtini, Allohdan boshqaning nomi aytilib soʻyilgan hayvonni, boʻgʻilib oʻlgan, urib oʻldirilgan, baland joydan yiqilib oʻlgan, suzishib oʻlgan, sher, yoʻlbars, boʻri kabi yirtqichlar tarafidan ovlangan hayvonni harom qildi. Yirtqichlar tarafidan ovlangan hayvonni oʻlmasidan oldin soʻyishga ulgurib qolgan boʻlsangiz, halol boʻlaveradi. Yana sizlarga sanam-butlarga atab soʻyilgan hayvonni hamda "Qil" yoki "Qilma" degan yozuvli choʻplar bilan fol ochishni ham harom qildi. Man qilingan mazkur ishlarni qilishingiz Allohga itoatsizlikdir. Bugun kofirlar Islomdagi kuch-quvvatni koʻrib, undan sizlarni qaytarishdan umidlarini uzdilar. Endi ulardan qoʻrqmanglar. Faqat Mendangina qoʻrqinglar. Bugun sizlarga diningizni - Islomni komil qilib berdim, zohiriy va botiniy nematlarimni ham toʻla berdim hamda sizlarga faqat Islomni din qilib tanladim. Sizlardan undan boshqa dinni qabul qilmayman. Kimki ochligi tufayli gunohga moyil boʻlmasdan harom qilingan goʻshtni yeyishga majbur boʻlib qolsa, unga gunoh yoʻq. Alloh kechirimli va mehribon Zotdir.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin