Sura Moida (Dasturxon — المائدة) (Oyat 40)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




5 Moida(المائدة), Oyat 40

أَلَمْ تَعْلَمْ أَنَّ اللَّهَ لَهُ مُلْكُ السَّمَاوَاتِ وَالْأَرْضِ يُعَذِّبُ مَنْ يَشَاءُ وَيَغْفِرُ لِمَنْ يَشَاءُ ۗ وَاللَّهُ عَلَىٰ كُلِّ شَيْءٍ قَدِيرٌ 40 ٤٠

Osmonlaru yerning mulki Allohniki ekanligini, kimni xohlasa, azoblashini, kimni xohlasa, mag`firat qilishini va Alloh har bir narsaga qodir ekanini bilmasmiding?! (40)

Tafsir
Ey Paygʻambar alayhissalom, osmonlaru yer Allohning mulki ekanini, ularni Oʻzi istaganicha tasarruf qilishini, U Zotning Oʻzi istagan bandasini azoblab, istagan bandasini Oʻz fazli ila kechirib yuborishini bilasiz-ku! Alloh har narsaga Qodirdir. U Zotning Qoʻlidan kelmaydigan ish yoʻq.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin