Sura Al-An'am (Chorva mollari — الأنعام) (Oyat 133)
Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.
Va Robbing behojat va rahmat sohibi bo`lgan Zotdir. Agar xohlasa, xuddi sizlarni boshqa qavmlar zurriyotidan paydo qilganidek, sizlarni ketkazib, ortingizdan nimani xohlasa, o`rinbosar qilib keltirur. (133)
Tafsir
Ey Paygʻambar, Parvardigoringiz bandalaridan behojatdir. U Zot bandalarning oʻzlariga ham, qiladigan ibodatlariga ham muhtoj emas. Ularning kufr keltirishlari U Zotga zarar qilmas. Behojat boʻla turib U Zot bandalariga Mehribon. Ey osiy bandalar, agar U Zot istaganida Oʻzi tarafidan bir azob yuborib, sizlarni batamom qirib tashlagan, keyin esa Oʻziga iymon keltiradigan va itoat qiladigan boshqa odamlarni yaratgan boʻlardi. Mana, sizlarni ham oldingi boshqa bir qavmning naslidan yaratgan-ku.
Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin
📖 Siz izlayotgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘xshash sura nomlari: