Sura Al-An'am (Chorva mollari — الأنعام) (Oyat 135)
Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.
Sen: «Ey qavmim, o`rningizda amalingizni qilavering. Men ham amal qiluvchiman. Tezda oxirat hovlisi oqibati kimning foydasiga bo`lishini bilasiz. Albatta, zolimlar najot topmaslar», – deb ayt. (135)
Tafsir
Ey Paygʻambar, ayting: "Ey qavm, kufru zalolat yoʻlingizda barqaror turavering. Men sizlarga haqni ochiq yetkazib, sizlarga qarshi hujjatni qoyim qilib qoʻydim, uzrga joy qolmadi. Endi sizlarning kufru zalolatingizga parvo qilmayman. Men oʻzimning haq yoʻlimdan ogʻishmay, sobitqadamlik bilan davom etaveraman. Bu dunyoda kim gʻalaba qilishini, zamin kimga qolishini, oxirat kimga nasib qilishini yaqinda bilib olasizlar. Mushriklar bu dunyoda ham, oxiratda ham zafar quchmaslar. Garchi dunyodan biroz foydalanib olayotgandek koʻrinsalar-da, ularning oqibati muvaffaqiyatsizlikdan boshqa narsa emas.
Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin
📖 Siz izlayotgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘xshash sura nomlari: