Sura Al-An'am (Chorva mollari — الأنعام) (Oyat 54)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




6 Al-An'am(الأنعام), Oyat 54

وَإِذَا جَاءَكَ الَّذِينَ يُؤْمِنُونَ بِآيَاتِنَا فَقُلْ سَلَامٌ عَلَيْكُمْ ۖ كَتَبَ رَبُّكُمْ عَلَىٰ نَفْسِهِ الرَّحْمَةَ ۖ أَنَّهُ مَنْ عَمِلَ مِنْكُمْ سُوءًا بِجَهَالَةٍ ثُمَّ تَابَ مِنْ بَعْدِهِ وَأَصْلَحَ فَأَنَّهُ غَفُورٌ رَحِيمٌ 54 ٥٤

Agar huzuringga oyatlarimizga iymon keltirganlar kelsalar: «Sizlarga salom bo`lsin, Robbingiz O`z zimmasiga rahmatni yozdi. Sizdan kim bilmasdan yomonlik qilsa, so`ngra undan keyin tavba qilib, amali solih qilsa, bas, albatta, U zot mag`firatli va rahimli Zotdir», – deb ayt. (54)

Tafsir
Ey Paygʻambar, oldingizga sizning haq paygʻambar ekaningizga dalolat qiluvchi oyatlarimizga iymon keltiradigan zotlar kelsalar, salomiga ehtirom ila alik olib, Allohning rahmati keng ekani haqida xushxabar berib, ayting: «Sizlarga tinchlik boʻlsin, Parvardigoringiz Oʻz zimmasiga rahmat qilishni yozgan. Bu Allohning fazlu karamidandir. Endi sizlardan kim bilmasdan biron gunoh ish qilib qoʻysa, keyin oʻsha qilgan gunohining ortidan tavba qilib, amalini oʻnglab olsa, bas, albatta Alloh tavba qiluvchilar uchun Magʻfiratli va Rahmli Zotdir».

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin