Sura Al-An'am (Chorva mollari — الأنعام) (Oyat 61)
Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.
U bandalari ustidan g`olibdir. U ustingizga hafazalarini yuboradir. Qachonki birortangizga o`lim kelsa, elchilarimiz kamchilikka yo`l qo`ymagan holda uni vafot ettiradir. (61)
Tafsir
Alloh bandalari ustidan gʻolibdir, har jihatdan oliydirki, hamma narsa Uning qarshisida xordir, Unga boʻysunadir. Bu yerdagi ustunlik Alloh taoloning buyukligiga loyiq ustunlikdir. Ey odamlar, U Zot sizlarga ulugʻ farishtalarni elchi qilib yuboradi. Ular amallaringizni hisoblab boradilar. To birontangizning ajali yetsa, oʻlim farishtasi va yordamchilari uning jonini hech bir kamchilikka yoʻl qoʻymasdan oladilar.
Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin
📖 Siz izlayotgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘xshash sura nomlari: