Sura Qalam (Qalam) — سُورَةُ القلم

Qalam surasi — Qur’onning oltmish sakkizinchi surasi bo‘lib, unda Payg‘ambarning yuksak xulqi tasdiqlanadi, kibrdan ogohlantiriladi hamda sabrning ahamiyati ta’kidlanadi.

Sura Qalam (Qalam) — سُورَةُ القلم

Shuningdek quyidagicha tanilgan: Nūn (Nun), Nūn wa al-Qalam (Nun va Qalam)

إِنَّ رَبَّكَ هُوَ أَعْلَمُ بِمَنْ ضَلَّ عَنْ سَبِيلِهِ وَهُوَ أَعْلَمُ بِالْمُهْتَدِينَ ٧ i

68:7

Albatta, Robbing O`zi kim Uning yo`lidan adashganini biluvchidur va U hidoyatda yuruvchilarni ham biluvchidur. (7)

إِذَا تُتْلَىٰ عَلَيْهِ آيَاتُنَا قَالَ أَسَاطِيرُ الْأَوَّلِينَ ١٥ i

68:15

Bizning oyatlarimiz unga o`qilgan paytda, avvalgilarning afsonalari, der. (15)

إِنَّا بَلَوْنَاهُمْ كَمَا بَلَوْنَا أَصْحَابَ الْجَنَّةِ إِذْ أَقْسَمُوا لَيَصْرِمُنَّهَا مُصْبِحِينَ ١٧ i

68:17

Albatta, Biz ularni bog` egalarini sinaganimizdek sinab ko`rdik. Vaqtiki, erta tongda terib olamiz, deb qasam ichdilar. (17)

فَطَافَ عَلَيْهَا طَائِفٌ مِنْ رَبِّكَ وَهُمْ نَائِمُونَ ١٩ i

68:19

Ular uxlab yotganda, u(bog`)ning ustidan Robbingdan bo`lgan aylanuvchi aylanib chiqdi. (19)

أَنِ اغْدُوا عَلَىٰ حَرْثِكُمْ إِنْ كُنْتُمْ صَارِمِينَ ٢٢ i

68:22

Agar teradigan bo`lsangiz, ekinzoringizga ertaroq boring, deb. (22)

أَنْ لَا يَدْخُلَنَّهَا الْيَوْمَ عَلَيْكُمْ مِسْكِينٌ ٢٤ i

68:24

Bugun siz boringizda u(bog`)ga miskin kira ko`rmasin, deb. (24)

قَالَ أَوْسَطُهُمْ أَلَمْ أَقُلْ لَكُمْ لَوْلَا تُسَبِّحُونَ ٢٨ i

68:28

Ularning eng yaxshi va adolatlisi: «Sizlarga tasbih aytsalaringiz-chi, demabmidim», dedi. (28)

قَالُوا سُبْحَانَ رَبِّنَا إِنَّا كُنَّا ظَالِمِينَ ٢٩ i

68:29

Robbimiz ayblardan pok bo`ldi, albatta, biz zolimlardan edik, dedilar. (29)

فَأَقْبَلَ بَعْضُهُمْ عَلَىٰ بَعْضٍ يَتَلَاوَمُونَ ٣٠ i

68:30

Bas, ba'zilari ba'zilarini malomat qila boshladilar. (30)

عَسَىٰ رَبُّنَا أَنْ يُبْدِلَنَا خَيْرًا مِنْهَا إِنَّا إِلَىٰ رَبِّنَا رَاغِبُونَ ٣٢ i

68:32

Shoyad, Robbimiz uning o`rniga undan ko`ra yaxshirog`ini bersa. Biz o`z Robbimizga rag`batlimiz, dedilar. (32)

كَذَٰلِكَ الْعَذَابُ ۖ وَلَعَذَابُ الْآخِرَةِ أَكْبَرُ ۚ لَوْ كَانُوا يَعْلَمُونَ ٣٣ i

68:33

Azob shundoq bo`lur va agar bilsalar, albatta, oxirat azobi bundan katta bo`ladir. (33)

إِنَّ لِلْمُتَّقِينَ عِنْدَ رَبِّهِمْ جَنَّاتِ النَّعِيمِ ٣٤ i

68:34

Albatta, taqvodorlar uchun Robbilari huzurida na'iym jannatlari bordur. (34)

إِنَّ لَكُمْ فِيهِ لَمَا تَخَيَّرُونَ ٣٨ i

68:38

Unda sizlarga nimani ixtiyor qilsangiz, albatta, (bo`laveradi) deyilganmi?! (38)

أَمْ لَكُمْ أَيْمَانٌ عَلَيْنَا بَالِغَةٌ إِلَىٰ يَوْمِ الْقِيَامَةِ ۙ إِنَّ لَكُمْ لَمَا تَحْكُمُونَ ٣٩ i

68:39

Yoki sizlarga bizning qiyomat kunigacha yetadigan bergan va'dalarimiz bo`lib, unda, albatta, siz nima hukm qilsangiz, shu bo`ladi, deyilganmi?! (39)

أَمْ لَهُمْ شُرَكَاءُ فَلْيَأْتُوا بِشُرَكَائِهِمْ إِنْ كَانُوا صَادِقِينَ ٤١ i

68:41

Yoki ularning sheriklari bormikin, agar rostgo`y bo`lsalar, o`sha sheriklarini ham olib kelsinlar. (41)

يَوْمَ يُكْشَفُ عَنْ سَاقٍ وَيُدْعَوْنَ إِلَى السُّجُودِ فَلَا يَسْتَطِيعُونَ ٤٢ i

68:42

Boldirlar shimarilgan kunida va ular sajdaga chaqirilganda, qodir bo`lmaslar. (42)

خَاشِعَةً أَبْصَارُهُمْ تَرْهَقُهُمْ ذِلَّةٌ ۖ وَقَدْ كَانُوا يُدْعَوْنَ إِلَى السُّجُودِ وَهُمْ سَالِمُونَ ٤٣ i

68:43

Ularning ko`zlari qo`rqinchga to`la, xorlik o`rab olgan. Va darhaqiqat, ular salomatlik hollarida sajda qilishga chaqirilgan edilar. (43)

فَذَرْنِي وَمَنْ يُكَذِّبُ بِهَٰذَا الْحَدِيثِ ۖ سَنَسْتَدْرِجُهُمْ مِنْ حَيْثُ لَا يَعْلَمُونَ ٤٤ i

68:44

Bu gapni yolg`onga chiqaruvchilarni Mening O`zimga qo`yib qo`y. Biz ularni o`zlari bilmagan tarafdan asta-sekin olamiz. (44)

أَمْ تَسْأَلُهُمْ أَجْرًا فَهُمْ مِنْ مَغْرَمٍ مُثْقَلُونَ ٤٦ i

68:46

Yoki sen ulardan haq so`rayapsan-u, ular qarzga botib qoldilarmi? (46)

أَمْ عِنْدَهُمُ الْغَيْبُ فَهُمْ يَكْتُبُونَ ٤٧ i

68:47

Yoki huzurlarida g`oyib ilmi bor-u, ular yozib oladilarmi? (47)

فَاصْبِرْ لِحُكْمِ رَبِّكَ وَلَا تَكُنْ كَصَاحِبِ الْحُوتِ إِذْ نَادَىٰ وَهُوَ مَكْظُومٌ ٤٨ i

68:48

Robbing hukmiga sabr qil va bir vaqtlar g`amga to`lgan holda nido qilgan baliq sohibiga o`xshama. (48)

لَوْلَا أَنْ تَدَارَكَهُ نِعْمَةٌ مِنْ رَبِّهِ لَنُبِذَ بِالْعَرَاءِ وَهُوَ مَذْمُومٌ ٤٩ i

68:49

Agar uni Robbisining ne'mati topmaganda, ochiq sahro joyga, mazammatga qolgan holda tashlangan bo`lardi. (49)

فَاجْتَبَاهُ رَبُّهُ فَجَعَلَهُ مِنَ الصَّالِحِينَ ٥٠ i

68:50

Bas, uni Robbisi tanlab oldi va solih bandalaridan qildi. (50)

وَإِنْ يَكَادُ الَّذِينَ كَفَرُوا لَيُزْلِقُونَكَ بِأَبْصَارِهِمْ لَمَّا سَمِعُوا الذِّكْرَ وَيَقُولُونَ إِنَّهُ لَمَجْنُونٌ ٥١ i

68:51

Va kofirlar zikrni eshitayotganlarida seni ko`zlari bilan toydirmoqchi bo`ldilar va, albatta, u jinnidur, derlar. (51)