Sura Al-A'raf (Aʼrof — الأعراف) (Oyat 137)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




7 Al-A'raf(الأعراف), Oyat 137

وَأَوْرَثْنَا الْقَوْمَ الَّذِينَ كَانُوا يُسْتَضْعَفُونَ مَشَارِقَ الْأَرْضِ وَمَغَارِبَهَا الَّتِي بَارَكْنَا فِيهَا ۖ وَتَمَّتْ كَلِمَتُ رَبِّكَ الْحُسْنَىٰ عَلَىٰ بَنِي إِسْرَائِيلَ بِمَا صَبَرُوا ۖ وَدَمَّرْنَا مَا كَانَ يَصْنَعُ فِرْعَوْنُ وَقَوْمُهُ وَمَا كَانُوا يَعْرِشُونَ 137 ١٣٧

Va xo`rlanib yurgan qavmni esa, o`zimiz barakali qilgan yerning mashriqiyu mag`ribiga merosxo`r qildik. Sabr qilganlari uchun Robbingning go`zal so`zlari Bani Isroilga batamom bo`ldi. Fir'avn va uning qavmi qurgan narsalarni va ular yuksaltirgan narsalarni vayron qildik. (137)

Tafsir
Firavn qoʻlida xor boʻlgan Bani Isroilni yerning mashriqiyu magʻribiga voris ayladik. Bu yerda Shom yurtlari nazarda tutilyapti. Alloh bu yurtlarni barakotli qilgan. Ekinlari va mevalarini moʻl-koʻl, serob aylagan. Ey Paygʻambar, Parvardigoringizning: «Bu yerdan bechora boʻlgan zotlarga inom qilishni va ularni odamlarga yetakchi qilib qoʻyishni istaymiz», degan goʻzal soʻzlari toʻla-toʻkis yuz berdi. Firavnning ozorlariga sabr qilganlari uchun Alloh ularga zaminni maskan qilib berdi. Firavnning ekinzorlariyu qasrlarini esa vayron qildik.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin