Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.
Va jannat egalari do`zax egalariga: «Biz Robbimiz bizga va'da qilgan narsaning haq ekanini topdik. Sizlar ham Robbingiz va'da qilgan narsaning haq ekanini topdingizmi?!» – deb nido qiladir. Ular: «Ha!» – derlar. Bas, ular o`rtalarida bir jarchi: «Zolimlarga Allohning la'nati bo`lsin!!! (44)
Tafsir
Jannat ahli jannatga kirib, doʻzax ahli esa doʻzaxga tushib, hammalari oʻz joylarini egallab boʻlganlaridan keyin jannatda abadiy qolayotganlar doʻzaxda abadiy qolayotganlarga xitob qilib: "Biz Parvardigorimiz bizga vada qilgan jannatga chindan erishdik, ey kofirlar, sizlar ham Parvardigoringiz ogohlantirgan doʻzaxga chindan yoʻliqdinglarmi?" deya nido qiladilar. Kofirlar: "Bizni ogohlantirilgan doʻzaxga chindan yoʻliqdik", deb javob beradilar. Shunda bir jarchi jar solib, Allohga duo qilib, shunday deydi: "Zolimlar Allohning rahmatidan quvilsinlar. Ularga dunyo hayotida rahmat eshiklari ochilgandi, ular esa yuz oʻgirib ketgandilar".
Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin
📖 Siz izlayotgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘xshash sura nomlari: