Sura Al-Insan (Inson — الإنسان) (Oyat 21)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




76 Al-Insan(الإنسان), Oyat 21

عَالِيَهُمْ ثِيَابُ سُنْدُسٍ خُضْرٌ وَإِسْتَبْرَقٌ ۖ وَحُلُّوا أَسَاوِرَ مِنْ فِضَّةٍ وَسَقَاهُمْ رَبُّهُمْ شَرَابًا طَهُورًا 21 ٢١

Ularning ustilarida yashil sundusdan (yupqa ipakdan) va istabraqdan (qalin ipakdan) kiyimlar bor va kumush bilakuzuklar-la yasanganlar va Robbilari ularni pok sharob bilan sug`orur. (21)

Tafsir
Ularning egnilarida nafis harir va qalin shoyi ipaklardan bebaho yashil liboslar bor hamda ularga kumush bilakuzuklar taqib qoʻyiladi. Alloh taolo ularni har qanday noxushliklardan xoli boʻlgan sharob bilan siylaydi.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin