Sura Naba (Buyuk xabar) — سُورَةُ النبأ
عَمَّ يَتَسَاءَلُونَ i
Nima haqida so`rashadi? (1)
عَنِ النَّبَإِ الْعَظِيمِ i
Ulkan, muhim xabar haqida. (2)
الَّذِي هُمْ فِيهِ مُخْتَلِفُونَ i
Shunday xabarki, ular uning haqida ixtilofdadirlar. (3)
كَلَّا سَيَعْلَمُونَ i
Yo`q! Ular tezda bilurlar. (4)
ثُمَّ كَلَّا سَيَعْلَمُونَ i
Yana yo`q! Ular tezda bilurlar! (5)
أَلَمْ نَجْعَلِ الْأَرْضَ مِهَادًا i
Yerni beshikdek moslab qo`ymadikmi? (6)
وَالْجِبَالَ أَوْتَادًا i
Va tog`larni qoziq (qilib qo`ymadikmi?). (7)
وَخَلَقْنَاكُمْ أَزْوَاجًا i
Va sizlarni juft qilib yaratdik. (8)
وَجَعَلْنَا نَوْمَكُمْ سُبَاتًا i
Va uyqularingizni rohat qilib qo`ydik. (9)
وَجَعَلْنَا اللَّيْلَ لِبَاسًا i
Va kechasini libos qildik. (10)
وَجَعَلْنَا النَّهَارَ مَعَاشًا i
Va kunduzni maosh (tirikchilik) vaqti qildik. (11)
وَبَنَيْنَا فَوْقَكُمْ سَبْعًا شِدَادًا i
Tepangizga yetti mustahkam(osmon)ni bino qildik. (12)
وَجَعَلْنَا سِرَاجًا وَهَّاجًا i
Va shu'la taratuvchi chiroq ham qildik. (13)
وَأَنْزَلْنَا مِنَ الْمُعْصِرَاتِ مَاءً ثَجَّاجًا i
Va siqilgan(bulut)lardan oquvchi suvlar tushirdik. (14)
لِنُخْرِجَ بِهِ حَبًّا وَنَبَاتًا i
U(suv) bilan don va nabotot chiqarishimiz uchun. (15)
وَجَنَّاتٍ أَلْفَافًا i
Va daraxtlari bir-biriga kirishgan bo`stonlar. (16)
إِنَّ يَوْمَ الْفَصْلِ كَانَ مِيقَاتًا i
Albatta, ajrim kuni vaqti belgilangan edi. (17)
يَوْمَ يُنْفَخُ فِي الصُّورِ فَتَأْتُونَ أَفْوَاجًا i
U kunda surga puflanur va sizlar to`p-to`p bo`lib kelursiz. (18)
وَفُتِحَتِ السَّمَاءُ فَكَانَتْ أَبْوَابًا i
Osmon yorilib eshiklar ochilur. (19)
وَسُيِّرَتِ الْجِبَالُ فَكَانَتْ سَرَابًا i
Tog`lar o`rnidan ko`chirilib, sarobga aylanur. (20)
إِنَّ جَهَنَّمَ كَانَتْ مِرْصَادًا i
Albatta, jahannam poylab turuvchidir. (21)
لِلطَّاغِينَ مَآبًا i
Tug`yonga ketganlarning qaytar joyidir. (22)
لَابِثِينَ فِيهَا أَحْقَابًا i
Ular (unda) zamonlar bo`yi qolarlar. (23)
لَا يَذُوقُونَ فِيهَا بَرْدًا وَلَا شَرَابًا i
Ular (unda) sovuqni ham, sharobni ham tatiy olmaslar. (24)
إِلَّا حَمِيمًا وَغَسَّاقًا i
Magar qaynoq suv va yiringni (tatirlar). (25)
جَزَاءً وِفَاقًا i
Muvofiq jazo o`laroq. (26)
إِنَّهُمْ كَانُوا لَا يَرْجُونَ حِسَابًا i
Chunki, ular hisob-kitob bo`lishiga ishonmasdilar. (27)
وَكَذَّبُوا بِآيَاتِنَا كِذَّابًا i
Va Bizning oyatlarimizni yolg`on deyishgan edi, yolg`on! (28)
وَكُلَّ شَيْءٍ أَحْصَيْنَاهُ كِتَابًا i
Biz har bir narsani kitobga jamlab qo`yganmiz. (29)
فَذُوقُوا فَلَنْ نَزِيدَكُمْ إِلَّا عَذَابًا i
Bas, tatib ko`ringlar, sizlarga azobdan boshqa hech narsani ziyoda qilmasmiz. (30)
إِنَّ لِلْمُتَّقِينَ مَفَازًا i
Albatta, taqvodorlarga yutuq bordir. (31)
حَدَائِقَ وَأَعْنَابًا i
Bog`-rog`lar, uzumzorlar bordir. (32)
وَكَوَاعِبَ أَتْرَابًا i
Va yangi bo`yi yetgan bir xil yoshdagi qizlar bordir. (33)
وَكَأْسًا دِهَاقًا i
Va to`ldirilgan qadahlar bordir. (34)
لَا يَسْمَعُونَ فِيهَا لَغْوًا وَلَا كِذَّابًا i
U yerda bekorchi va yolg`on gaplarni eshitmaslar. (35)
جَزَاءً مِنْ رَبِّكَ عَطَاءً حِسَابًا i
Robbingdan mukofot, sovg`a hisobidandir. (36)
رَبِّ السَّمَاوَاتِ وَالْأَرْضِ وَمَا بَيْنَهُمَا الرَّحْمَٰنِ ۖ لَا يَمْلِكُونَ مِنْهُ خِطَابًا i
U, osmonlar, yer va ularning orasidagi barcha narsalarning Robbi, Rohmandir. Uning huzurida hech kim xitob qilishga qodir bo`lmas. (37)
يَوْمَ يَقُومُ الرُّوحُ وَالْمَلَائِكَةُ صَفًّا ۖ لَا يَتَكَلَّمُونَ إِلَّا مَنْ أَذِنَ لَهُ الرَّحْمَٰنُ وَقَالَ صَوَابًا i
O`sha kunda Ruh va farishtalar saf bo`lib turar. Rohman izn berganlar va to`g`ri so`zlaganlardan o`zgalar hech gapira olmaslar. (38)
ذَٰلِكَ الْيَوْمُ الْحَقُّ ۖ فَمَنْ شَاءَ اتَّخَذَ إِلَىٰ رَبِّهِ مَآبًا i
U haq kundir. Kim xohlasa, o`z Robbiga qaytar yo`l oladir. (39)
إِنَّا أَنْذَرْنَاكُمْ عَذَابًا قَرِيبًا يَوْمَ يَنْظُرُ الْمَرْءُ مَا قَدَّمَتْ يَدَاهُ وَيَقُولُ الْكَافِرُ يَا لَيْتَنِي كُنْتُ تُرَابًا i
Albatta, Biz sizlarni yaqin kelajakdagi azobdan qo`rqitdik. U kunda, har kishi qo`li taqdim qilgan narsaga nazar soladir. Va kofir. «Koshki tuproq bo`lib ketsam», deydir. (40)