Sura Al-Anfal (O‘ljalar — الأنفال) (Oyat 51)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




8 Al-Anfal(الأنفال), Oyat 51

ذَٰلِكَ بِمَا قَدَّمَتْ أَيْدِيكُمْ وَأَنَّ اللَّهَ لَيْسَ بِظَلَّامٍ لِلْعَبِيدِ 51 ٥١

Bu, qo`lingiz taqdim qilgan narsa tufaylidir. Albatta, Alloh bandalariga hech zulm qilguvchi emasdir», – deyishlarini ko`rsang edi. (51)

Tafsir
Ey kofirlar, farishtalar joningizni sugʻurib olayotgan paytidagi bu alamli azob hamda qabringizda va oxiratda yuz beradigan yondiruvchi qiynoqning sababi shu dunyoda oʻz qoʻllaringiz bilan qilgan amallaringizdir. Zero, Alloh odamlarga zulm qilmas. Ular orasida adolat bilan hukm chiqarur. U Zot odil Hakamdir.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin