Sura Al-Anfal (O‘ljalar — الأنفال) (Oyat 54)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




8 Al-Anfal(الأنفال), Oyat 54

كَدَأْبِ آلِ فِرْعَوْنَ ۙ وَالَّذِينَ مِنْ قَبْلِهِمْ ۚ كَذَّبُوا بِآيَاتِ رَبِّهِمْ فَأَهْلَكْنَاهُمْ بِذُنُوبِهِمْ وَأَغْرَقْنَا آلَ فِرْعَوْنَ ۚ وَكُلٌّ كَانُوا ظَالِمِينَ 54 ٥٤

Xuddi Oli Fir'avn va ulardan oldingilarning qilmishiga o`xshab, Robbilarining oyatlarini yolg`onga chiqardilar. Bas, Biz ularni gunohlari tufayli halok qildik va Oli Fir'avnni g`arq qildik. Hammalari zolim edilar. (54)

Tafsir
Bu kofirlarning ishi oldingi oʻtgan Firavn qavmi va boshqa haqni tan olmagan ummatlar ishiga oʻxshaydi. Ular ham Parvardigorning oyatlarini yolgʻonga chiqargandilar va shu tufayli halokatga yoʻliqqandilar. Alloh Firavn qavmini dengizga gʻarq qilgandi. Firavn qavmi ham, boshqa ummatlar ham kufr, shirk kabi jinoyatlari bilan oʻzlariga oʻzlari jabr qilib, oʻzlariga oʻzlari Allohning azobini chaqirib olgandilar va oʻsha azob ularning boshiga tushgandi.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin