Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.
Ibrohimning otasi uchun aytgan istig`fori unga bergan va'dasi ustidan edi, xolos. Vaqtiki, unga otasining Allohga dushman ekanligi ayon bo`lganda, undan voz kechdi. Albatta, Ibrohim tazarru'li va haliymdir. (114)
Tafsir
Ibrohimning otasi uchun magʻfirat soʻrashi unga bergan vadasi tufayli boʻlgandi. Musulmon boʻlishidan umid qilgandi. Otasi Allohning dushmani ekani ayon boʻlgach, yani, unga nasihat kor qilmagach yoki vahiy orqali uning kofir holida oʻlishini bilgach, undan yuz oʻgirdi. Demak, otasi uchun istigʻfor aytishi Allohning hukmiga qarshi borishi emas, oddiy bir ijtihodi edi, xolos. Ibrohim Allohga koʻp tavba-tazarru qiladigan, zolim qavmini ham kechirib yuboraveradigan bagʻrikeng insondir.
Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin
📖 Siz izlayotgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘xshash sura nomlari: