Sura At-Tawbah (Tavba — التوبة) (Oyat 19)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




9 At-Tawbah(التوبة), Oyat 19

أَجَعَلْتُمْ سِقَايَةَ الْحَاجِّ وَعِمَارَةَ الْمَسْجِدِ الْحَرَامِ كَمَنْ آمَنَ بِاللَّهِ وَالْيَوْمِ الْآخِرِ وَجَاهَدَ فِي سَبِيلِ اللَّهِ ۚ لَا يَسْتَوُونَ عِنْدَ اللَّهِ ۗ وَاللَّهُ لَا يَهْدِي الْقَوْمَ الظَّالِمِينَ 19 ١٩

Hojilarga suv berishni va Masjidul Haromni obod qilishni Allohga, oxirat kuniga iymon keltirgan va Allohning yo`lida jihod qilgan kabi qildingizmi?! Ular Allohning huzurida teng emaslar. Alloh zolim qavmlarni hidoyat qilmas. (19)

Tafsir
Ey mushriklar, sizlar hojilarga suv berish va Majidul-Haromni obod qilish ishlarini bajaradigan xodimlarni Allohga ishonadigan, shirk keltirmaydigan, Qiyomat kuniga iymon keltiradigan, joni va molini tikib, Alloh kalimasini oliy qilish, kufr kalimasini esa yer bilan yakson qilish yoʻlida jihod qiladigan kimsa bilan tenglashtirmoqchimisizlar? Allohning nazdida har ikkisining fazli teng, deb oʻylaysizlarmi? Ular Allohning nazdida hech qachon teng boʻlolmaydilar. Garchi hojilarga suv berish kabi yaxshi amallarni qilayotgan boʻlsalar-da, Alloh zolim mushriklarga tavfiq bermaydi.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin