Sura At-Tawbah (Tavba — التوبة) (Oyat 34)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




9 At-Tawbah(التوبة), Oyat 34

يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا إِنَّ كَثِيرًا مِنَ الْأَحْبَارِ وَالرُّهْبَانِ لَيَأْكُلُونَ أَمْوَالَ النَّاسِ بِالْبَاطِلِ وَيَصُدُّونَ عَنْ سَبِيلِ اللَّهِ ۗ وَالَّذِينَ يَكْنِزُونَ الذَّهَبَ وَالْفِضَّةَ وَلَا يُنْفِقُونَهَا فِي سَبِيلِ اللَّهِ فَبَشِّرْهُمْ بِعَذَابٍ أَلِيمٍ 34 ٣٤

Ey, iymon keltirganlar! Albatta, hibr va rohiblarning ko`plari odamlarning mollarini botil yo`l bilan yerlar va Allohning yo`lidan to`sarlar. Oltin va kumushni xazinaga bosadigan, Allohning yo`lida sarflamaydiganlarga alamli azobning bashoratini beraver. (34)

Tafsir
Ey iymon keltirgan va shariatga ergashgan moʻminlar, yahudiy olimlari va nasroniylar rohiblaridan koʻplari odamlarning mollarini pora kabi nohaq, noqonuniy yoʻl bilan oʻzlashtirib oladilar. Ular odamlarni Allohning diniga kirishdan toʻsadilar. Oltin-kumushlarni toʻplab, zakotini bermaydilar. Ey Paygʻambar, ularga Qiyomat kunida boʻladigan yomon oqibat, ogʻriqli azob haqida xabar berib qoʻying.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin