Sura At-Tawbah (Tavba — التوبة) (Oyat 74)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




9 At-Tawbah(التوبة), Oyat 74

يَحْلِفُونَ بِاللَّهِ مَا قَالُوا وَلَقَدْ قَالُوا كَلِمَةَ الْكُفْرِ وَكَفَرُوا بَعْدَ إِسْلَامِهِمْ وَهَمُّوا بِمَا لَمْ يَنَالُوا ۚ وَمَا نَقَمُوا إِلَّا أَنْ أَغْنَاهُمُ اللَّهُ وَرَسُولُهُ مِنْ فَضْلِهِ ۚ فَإِنْ يَتُوبُوا يَكُ خَيْرًا لَهُمْ ۖ وَإِنْ يَتَوَلَّوْا يُعَذِّبْهُمُ اللَّهُ عَذَابًا أَلِيمًا فِي الدُّنْيَا وَالْآخِرَةِ ۚ وَمَا لَهُمْ فِي الْأَرْضِ مِنْ وَلِيٍّ وَلَا نَصِيرٍ 74 ٧٤

Ular gapirmaganlari haqida Allohning nomi ila qasam icharlar. Batahqiq, kufr kalimasini aytdilar va Islomlaridan keyin kufr keltirdilar hamda yeta olmagan narsalariga qasd qildilar. Holbuki, ular Alloh va Uning Rasuli ularni O`z fazlidan boy qilib qo`yganlaridan boshqa «ayb» topa olmadilar. Agar tavba qilsalar, o`zlariga yaxshi bo`ladir. Gar yuz o`girib ketsalar, Alloh ularni bu dunyoyu oxiratda alamli azob bilan azoblaydir. Yer yuzida ularga do`st ham, yordamchi ham yo`q. (74)

Tafsir
Munofiqlar sizni haqorat qilib, ayblab aytgan gaplarini aytmadik, deya yolgʻon qasam ichadilar. Holbuki, kofirga aylantiradigan soʻzni aniq aytib, oldin musulmonligini izhor qilgan boʻlsalar, keyin kofirligini ham oshkor qilgandilar hamda oʻzlari yetolmagan narsaga, yani, Paygʻambar alayhissalomni oʻldirishga qasd qilgandilar. Bu bilan ular inkor qilib boʻlmas faktni inkor qilmoqdalar. Yani, ularni Alloh Oʻz fazlu karami ila Paygʻambariga ato etgan oʻljalar bilan boy qilgandi. Ular esa xuddi shu sababli Alloh va Paygʻambarini yomon koʻrdilar. Endi munofiqliklaridan tavba qilsalar, oʻzlari uchun yaxshi boʻlur. Yuz oʻgirsalar, Alloh ularni shu dunyoda ham, oxiratda ham juda qattiq azoblaydi. Bu dunyoda oʻldiriladilar, asir olinadilar, oxiratda esa doʻzax chohiga qulaydilar. Ularni azobdan qutqaradigan, himoya qiladigan biron doʻst va yordamchi topilmas.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin