Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Al-Baqarah — Oyat 177 (Oʻzbekcha) — Video

Al-Baqarah • Oyat 286 dan 177 • Oʻzbekcha


لَيْسَ الْبِرَّ أَنْ تُوَلُّوا وُجُوهَكُمْ قِبَلَ الْمَشْرِقِ وَالْمَغْرِبِ وَلَٰكِنَّ الْبِرَّ مَنْ آمَنَ بِاللَّهِ وَالْيَوْمِ الْآخِرِ وَالْمَلَائِكَةِ وَالْكِتَابِ وَالنَّبِيِّينَ وَآتَى الْمَالَ عَلَىٰ حُبِّهِ ذَوِي الْقُرْبَىٰ وَالْيَتَامَىٰ وَالْمَسَاكِينَ وَابْنَ السَّبِيلِ وَالسَّائِلِينَ وَفِي الرِّقَابِ وَأَقَامَ الصَّلَاةَ وَآتَى الزَّكَاةَ وَالْمُوفُونَ بِعَهْدِهِمْ إِذَا عَاهَدُوا ۖ وَالصَّابِرِينَ فِي الْبَأْسَاءِ وَالضَّرَّاءِ وَحِينَ الْبَأْسِ ۗ أُولَٰئِكَ الَّذِينَ صَدَقُوا ۖ وَأُولَٰئِكَ هُمُ الْمُتَّقُونَ 177
Tarjima:
Yaxshilik yuzingizni mashriq yoki mag`rib tomonga burishingizda emas. Lekin yaxshilik kim Allohga, oxirat kuniga, farishtalarga, kitobga, Payg`ambarlarga iymon keltirsa va yaxshi ko`rgan molini qarindoshlarga, yetimlarga, miskinlarga, vatangadolarga, tilanchilarga, qul ozod qilishga bersa, namozni qoim qilsa, zakot bersa Al-Baqarah 2:177
Tafsir:
Allohning nazdida yaxshilik mashriq yoki magʻrib tarafga yuzlanishning oʻzi emas. Haqiqiy yaxshilik Allohning yagonaligiga, oxirat kuniga, farishtalar, nozil qilingan kitoblar va paygʻambarlarning hammasiga iymon keltirmoq, oʻz molidan yaxshi koʻrishiga qaramasdan, qarindoshlarga, yetim-yesirlarga, muhtojlarga, yurti va oilasidan ayriliqdagi gʻarib-gʻurabolarga, nochorligidan tilanchilik qilishga majbur boʻlayotganlarga, qullar va asirlarni ozod qilishga sarflash hamda namozni toʻkis ado etish, zakot berish, ahdga vafo qilish, kambagʻallik, qiyinchilik va kasallikka sabr qilish, shiddatli jang ketayotgan paytda qochmaslikdir. Mana shunday sifatlarga ega boʻlganlar iymoniyu amalida Allohga sadoqat koʻrsatgan, Parvardigorning buyruqlariyu taqiqlariga soʻzsiz boʻysunadigan chin taqvodorlardir.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Al-Baqarah • Oyat 176 Keyingi Al-Baqarah • Oyat 178