Sura Tur (Tur tog‘i) — سُورَةُ الطور

Tur surasi — Qur’onning ellik ikkinchi surasi bo‘lib, unda tog‘lar, Qiyomat kuni hamda mo‘minlar uchun Jannatda tayyorlangan mukofotlar tasvirlanadi.

Sura Tur (Tur tog‘i) — سُورَةُ الطور

Shuningdek quyidagicha tanilgan: Ghāfir (Kechiruvchi), al-Muʾmin (Mo‘min)

هَٰذِهِ النَّارُ الَّتِي كُنْتُمْ بِهَا تُكَذِّبُونَ ١٤ i

52:14

Mana bu, sizlar yolg`onga chiqargan o`t bo`ladi! (14)

اصْلَوْهَا فَاصْبِرُوا أَوْ لَا تَصْبِرُوا سَوَاءٌ عَلَيْكُمْ ۖ إِنَّمَا تُجْزَوْنَ مَا كُنْتُمْ تَعْمَلُونَ ١٦ i

52:16

Kiringlar unga! Chidaysizlarmi, chidamaysizlarmi — bari bir. Qilib yurgan amallaringizning jazosini olasizlar, xolos. (16)

إِنَّ الْمُتَّقِينَ فِي جَنَّاتٍ وَنَعِيمٍ ١٧ i

52:17

Albatta, taqvodorlar jannatlar va nozu ne'matlar ichidadirlar. (17)

فَاكِهِينَ بِمَا آتَاهُمْ رَبُّهُمْ وَوَقَاهُمْ رَبُّهُمْ عَذَابَ الْجَحِيمِ ١٨ i

52:18

Robbilari ularga bergan narsalardan lazzatdadirlar. Robbilari ularni jahannam azobidan saqlar. (18)

كُلُوا وَاشْرَبُوا هَنِيئًا بِمَا كُنْتُمْ تَعْمَلُونَ ١٩ i

52:19

Yenglar, ichinglar, osh bo`lsin. (Bular) qilgan amallaringiz uchundir. (19)

مُتَّكِئِينَ عَلَىٰ سُرُرٍ مَصْفُوفَةٍ ۖ وَزَوَّجْنَاهُمْ بِحُورٍ عِينٍ ٢٠ i

52:20

Ular qator tizilgan so`rilarga yonboshlagan holdalar. Va ularni go`zal ko`zli hurlarga uylab qo`yganmiz. (20)

وَالَّذِينَ آمَنُوا وَاتَّبَعَتْهُمْ ذُرِّيَّتُهُمْ بِإِيمَانٍ أَلْحَقْنَا بِهِمْ ذُرِّيَّتَهُمْ وَمَا أَلَتْنَاهُمْ مِنْ عَمَلِهِمْ مِنْ شَيْءٍ ۚ كُلُّ امْرِئٍ بِمَا كَسَبَ رَهِينٌ ٢١ i

52:21

O`zlari iymon keltirib, zurriyotlari ularga iymon bilan ergashganlarning zurriyotini ularga qo`shdik va ularning amallaridan hech narsani kamaytirmadik. Har bir kishi o`z kasbi garovidir. (21)

وَأَمْدَدْنَاهُمْ بِفَاكِهَةٍ وَلَحْمٍ مِمَّا يَشْتَهُونَ ٢٢ i

52:22

Va Biz ularga xohlagan mevalari va go`shtlarini muhayyo qilib qo`ydik. (22)

يَتَنَازَعُونَ فِيهَا كَأْسًا لَا لَغْوٌ فِيهَا وَلَا تَأْثِيمٌ ٢٣ i

52:23

Ular unda qadahlarni bir-birlariga uzaturlar. U yerda behuda sergaplik va gunoh yo`q. (23)

وَيَطُوفُ عَلَيْهِمْ غِلْمَانٌ لَهُمْ كَأَنَّهُمْ لُؤْلُؤٌ مَكْنُونٌ ٢٤ i

52:24

Va atroflarida xuddi sadafdagi durdek g`ulomlari aylanib, xizmatda yurishar. (24)

وَأَقْبَلَ بَعْضُهُمْ عَلَىٰ بَعْضٍ يَتَسَاءَلُونَ ٢٥ i

52:25

Ba'zilari boshqalaridan o`girilib so`ray boshladilar: (25)

قَالُوا إِنَّا كُنَّا قَبْلُ فِي أَهْلِنَا مُشْفِقِينَ ٢٦ i

52:26

«Albatta, biz ilgari o`z ahlimiz davrasida U zotdan qo`rquvchilardan edik. (26)

فَمَنَّ اللَّهُ عَلَيْنَا وَوَقَانَا عَذَابَ السَّمُومِ ٢٧ i

52:27

Bas, Alloh bizga marhamat qildi va bizni do`zax azobidan saqladi. (27)

إِنَّا كُنَّا مِنْ قَبْلُ نَدْعُوهُ ۖ إِنَّهُ هُوَ الْبَرُّ الرَّحِيمُ ٢٨ i

52:28

Albatta, biz ilgari Unga duo qilardik. Albatta, Uning O`zi yaxshilik qiluvchi va rahimlidur». (28)

فَذَكِّرْ فَمَا أَنْتَ بِنِعْمَتِ رَبِّكَ بِكَاهِنٍ وَلَا مَجْنُونٍ ٢٩ i

52:29

Bas, eslatgin: sen Robbing ne'mati ila folbin ham emassan, majnun ham emassan. (29)

أَمْ يَقُولُونَ شَاعِرٌ نَتَرَبَّصُ بِهِ رَيْبَ الْمَنُونِ ٣٠ i

52:30

Balki: «U — shoir, biz unga o`lim yetishini kutamiz», derlar? (30)

قُلْ تَرَبَّصُوا فَإِنِّي مَعَكُمْ مِنَ الْمُتَرَبِّصِينَ ٣١ i

52:31

Aytgin: «Kutinglar, albatta, men ham sizlar bilan birga kutuvchidirman». (31)

أَمْ تَأْمُرُهُمْ أَحْلَامُهُمْ بِهَٰذَا ۚ أَمْ هُمْ قَوْمٌ طَاغُونَ ٣٢ i

52:32

Yo aqllari shunga buyuradimi, yoki ular tug`yonga ketgan qavmlarmi? (32)

أَمْ يَقُولُونَ تَقَوَّلَهُ ۚ بَلْ لَا يُؤْمِنُونَ ٣٣ i

52:33

Balki, u(Qur'on)ni o`zi to`qidi, derlar? Yo`q, ular iymon keltirmaslar. (33)

فَلْيَأْتُوا بِحَدِيثٍ مِثْلِهِ إِنْ كَانُوا صَادِقِينَ ٣٤ i

52:34

Agar ularning gapi rost bo`lsa, u(Qur'on)ga o`xshash so`zni keltirsinlar. (34)

أَمْ خُلِقُوا مِنْ غَيْرِ شَيْءٍ أَمْ هُمُ الْخَالِقُونَ ٣٥ i

52:35

Balki, ular, hech narsadan hech narsa yo`q, o`zlari yaralgandirlar?! Yoki ular yaratuvchilarmi? (35)

أَمْ خَلَقُوا السَّمَاوَاتِ وَالْأَرْضَ ۚ بَلْ لَا يُوقِنُونَ ٣٦ i

52:36

Balki, ular osmonlaru yerni yaratgandirlar?! Yo`q, ular ishonmaslar. (36)

أَمْ عِنْدَهُمْ خَزَائِنُ رَبِّكَ أَمْ هُمُ الْمُصَيْطِرُونَ ٣٧ i

52:37

Balki, ularning huzurida Robbingning xaziynalari bordir?! Yoki ular boshqaruvchilarmi? (37)

أَمْ لَهُمْ سُلَّمٌ يَسْتَمِعُونَ فِيهِ ۖ فَلْيَأْتِ مُسْتَمِعُهُمْ بِسُلْطَانٍ مُبِينٍ ٣٨ i

52:38

Balki, ularning (xabarni) eshitadigan narvonlari bordir?! Undoq bo`lsa, eshituvchilari ravshan hujjat keltirsin. (38)

أَمْ تَسْأَلُهُمْ أَجْرًا فَهُمْ مِنْ مَغْرَمٍ مُثْقَلُونَ ٤٠ i

52:40

Yoki sen ulardan haq so`rayapsan-u, ular to`lovdan qiynalayaptilarmi? (40)

أَمْ عِنْدَهُمُ الْغَيْبُ فَهُمْ يَكْتُبُونَ ٤١ i

52:41

Balki, ularning ixtiyorida g`ayb (ilmi) bo`lib, ular yozib olayotgandirlar?! (41)

أَمْ يُرِيدُونَ كَيْدًا ۖ فَالَّذِينَ كَفَرُوا هُمُ الْمَكِيدُونَ ٤٢ i

52:42

Balki, hiyla ko`rsatishni xohlarlar?! Bas, kofirlar hiylalarining jazosini tortarlar. (42)

أَمْ لَهُمْ إِلَٰهٌ غَيْرُ اللَّهِ ۚ سُبْحَانَ اللَّهِ عَمَّا يُشْرِكُونَ ٤٣ i

52:43

Balki, ularning Allohdan boshqa xudolari bordir?! Alloh ular keltirayotgan shirkdan pok bo`ldi. (43)

وَإِنْ يَرَوْا كِسْفًا مِنَ السَّمَاءِ سَاقِطًا يَقُولُوا سَحَابٌ مَرْكُومٌ ٤٤ i

52:44

Agar ular boshlariga tushayotgan parchani ko`rsalar ham, to`plangan bulut, derlar. (44)

فَذَرْهُمْ حَتَّىٰ يُلَاقُوا يَوْمَهُمُ الَّذِي فِيهِ يُصْعَقُونَ ٤٥ i

52:45

Ularni halokatga uchraydigan kunlariga yo`liqqunlarigacha tek qo`y. (45)

يَوْمَ لَا يُغْنِي عَنْهُمْ كَيْدُهُمْ شَيْئًا وَلَا هُمْ يُنْصَرُونَ ٤٦ i

52:46

U kunda hiylalari ularga hech qanday foyda bermas va ularga yordam ham berilmas. (46)

وَإِنَّ لِلَّذِينَ ظَلَمُوا عَذَابًا دُونَ ذَٰلِكَ وَلَٰكِنَّ أَكْثَرَهُمْ لَا يَعْلَمُونَ ٤٧ i

52:47

Va, albatta, zulm qilganlarga undan o`zga azob ham bor, lekin ko`plari bilmaslar. (47)

وَاصْبِرْ لِحُكْمِ رَبِّكَ فَإِنَّكَ بِأَعْيُنِنَا ۖ وَسَبِّحْ بِحَمْدِ رَبِّكَ حِينَ تَقُومُ ٤٨ i

52:48

Bas, Robbing hukmiga sabr qil. Albatta, sen ko`z o`ngimizdasan, o`rningdan turganingda Robbingga tasbih ayt! (48)

وَمِنَ اللَّيْلِ فَسَبِّحْهُ وَإِدْبَارَ النُّجُومِ ٤٩ i

52:49

Va kechasi ham. Bas, yulduzlar botgandan keyin ham tasbih ayt. (49)