Sura Al-Insan (Inson) — سُورَةُ الإنسان

Inson surasi — Qur’onning yetmish oltinchi surasi bo‘lib, unda insonning yaratilishi, erkin irodasi hamda solihlikni tanlaganlar uchun tayyorlangan mukofotlar bayon qilinadi.

Sura Al-Insan (Inson) — سُورَةُ الإنسان

Shuningdek quyidagicha tanilgan: Hal Atā (Keldimi), Hal Atā ʿalā al-Insān (Insonga keldimi), al-Dahr (Zamon)
yana 2 ta nom

هَلْ أَتَىٰ عَلَى الْإِنْسَانِ حِينٌ مِنَ الدَّهْرِ لَمْ يَكُنْ شَيْئًا مَذْكُورًا ١ i

76:1

Darhaqiqat, insonga u esga olinadigan narsa bo`lmagan bir zamon kelmadimi? (1)

إِنَّا خَلَقْنَا الْإِنْسَانَ مِنْ نُطْفَةٍ أَمْشَاجٍ نَبْتَلِيهِ فَجَعَلْنَاهُ سَمِيعًا بَصِيرًا ٢ i

76:2

Albatta, Biz insonni aralash nutfadan yaratdik. Sinash uchun, bas, uni eshitadigan, ko`radigan qildik. (2)

إِنَّا هَدَيْنَاهُ السَّبِيلَ إِمَّا شَاكِرًا وَإِمَّا كَفُورًا ٣ i

76:3

Albatta, Biz unga yo`l ko`rsatdik. (U esa) yoki shukr qiluvchi, yoki kufr keltiruvchi bo`ldi. (3)

إِنَّا أَعْتَدْنَا لِلْكَافِرِينَ سَلَاسِلَ وَأَغْلَالًا وَسَعِيرًا ٤ i

76:4

Albatta, Biz kofirlar uchun zanjirlar, kishanlar va yonib turgan olovni tayyorlab qo`yganmiz. (4)

إِنَّ الْأَبْرَارَ يَشْرَبُونَ مِنْ كَأْسٍ كَانَ مِزَاجُهَا كَافُورًا ٥ i

76:5

Albatta, yaxshilar kaafur aralashtirilgan qadahdan icharlar. (5)

عَيْنًا يَشْرَبُ بِهَا عِبَادُ اللَّهِ يُفَجِّرُونَهَا تَفْجِيرًا ٦ i

76:6

Bir buloqdanki, undan Allohning bandalari otiltirib icharlar. (6)

يُوفُونَ بِالنَّذْرِ وَيَخَافُونَ يَوْمًا كَانَ شَرُّهُ مُسْتَطِيرًا ٧ i

76:7

Ular nazrga vafo qilarlar va yomonligi keng tarqaladigan kundan qo`rqarlar. (7)

وَيُطْعِمُونَ الطَّعَامَ عَلَىٰ حُبِّهِ مِسْكِينًا وَيَتِيمًا وَأَسِيرًا ٨ i

76:8

O`zlari taomni yaxshi ko`rib tursalar ham, uni miskin, yetim va asirlarga berarlar. (8)

إِنَّمَا نُطْعِمُكُمْ لِوَجْهِ اللَّهِ لَا نُرِيدُ مِنْكُمْ جَزَاءً وَلَا شُكُورًا ٩ i

76:9

«Albatta, biz sizlarni faqat Allohning roziligi uchun ovqatlantiramiz. Buning evaziga sizlardan mukofot yoki tashakkur xohlamaymiz. (9)

إِنَّا نَخَافُ مِنْ رَبِّنَا يَوْمًا عَبُوسًا قَمْطَرِيرًا ١٠ i

76:10

Albatta, biz qo`rqinchli, shiddatli, uzun kunda o`z Robbimizdan qo`rqurmiz», derlar. (10)

فَوَقَاهُمُ اللَّهُ شَرَّ ذَٰلِكَ الْيَوْمِ وَلَقَّاهُمْ نَضْرَةً وَسُرُورًا ١١ i

76:11

Bas, ularni Robbilari o`shal kun sharridan saqladi va ularga xushro`ylik hamda xursandchilik ato qildi. (11)

وَجَزَاهُمْ بِمَا صَبَرُوا جَنَّةً وَحَرِيرًا ١٢ i

76:12

Va sabr qilganliklari uchun, ularni bog`u rog` va ipaklar bilan mukofotladi. (12)

مُتَّكِئِينَ فِيهَا عَلَى الْأَرَائِكِ ۖ لَا يَرَوْنَ فِيهَا شَمْسًا وَلَا زَمْهَرِيرًا ١٣ i

76:13

U yerda so`rilarda suyangan holdalar. U yerda quyoshni ham, sovuqni ham ko`rmaslar. (13)

وَدَانِيَةً عَلَيْهِمْ ظِلَالُهَا وَذُلِّلَتْ قُطُوفُهَا تَذْلِيلًا ١٤ i

76:14

Va ustilariga u(jannat)ning soyalari yaqindir hamda uning mevalari juda ham oson qilingandir. (14)

وَيُطَافُ عَلَيْهِمْ بِآنِيَةٍ مِنْ فِضَّةٍ وَأَكْوَابٍ كَانَتْ قَوَارِيرَا ١٥ i

76:15

Va ularga kumush idishlar va billurlardan bo`lgan qadahlar aylantirib turilur. (15)

قَوَارِيرَ مِنْ فِضَّةٍ قَدَّرُوهَا تَقْدِيرًا ١٦ i

76:16

Billurlar kumushdandir, (soqiylar) o`lchovini keltirgandirlar. (16)

وَيُسْقَوْنَ فِيهَا كَأْسًا كَانَ مِزَاجُهَا زَنْجَبِيلًا ١٧ i

76:17

Va ular u(er)da aralashmasi zanjabiyl bo`lgan qadahdan sug`orilurlar. (17)

وَيَطُوفُ عَلَيْهِمْ وِلْدَانٌ مُخَلَّدُونَ إِذَا رَأَيْتَهُمْ حَسِبْتَهُمْ لُؤْلُؤًا مَنْثُورًا ١٩ i

76:19

Va ularning atrofida abadiy yosh bolalar aylanarlar, agar ularni ko`rsang, sochilgan marjon, deb o`ylarsan. (19)

وَإِذَا رَأَيْتَ ثَمَّ رَأَيْتَ نَعِيمًا وَمُلْكًا كَبِيرًا ٢٠ i

76:20

Va agar ko`rsang, u yerda ne'matni va ulkan mulkni ko`rursan. (20)

عَالِيَهُمْ ثِيَابُ سُنْدُسٍ خُضْرٌ وَإِسْتَبْرَقٌ ۖ وَحُلُّوا أَسَاوِرَ مِنْ فِضَّةٍ وَسَقَاهُمْ رَبُّهُمْ شَرَابًا طَهُورًا ٢١ i

76:21

Ularning ustilarida yashil sundusdan (yupqa ipakdan) va istabraqdan (qalin ipakdan) kiyimlar bor va kumush bilakuzuklar-la yasanganlar va Robbilari ularni pok sharob bilan sug`orur. (21)

إِنَّ هَٰذَا كَانَ لَكُمْ جَزَاءً وَكَانَ سَعْيُكُمْ مَشْكُورًا ٢٢ i

76:22

Albatta, bu sizga mukofot bo`ldi va sizning amalingiz qabul bo`ldi. (22)

إِنَّا نَحْنُ نَزَّلْنَا عَلَيْكَ الْقُرْآنَ تَنْزِيلًا ٢٣ i

76:23

Albatta, Biz senga Qur'onni bo`lak-bo`lak qilib tushirdik. (23)

فَاصْبِرْ لِحُكْمِ رَبِّكَ وَلَا تُطِعْ مِنْهُمْ آثِمًا أَوْ كَفُورًا ٢٤ i

76:24

Bas, Robbing hukmiga sabr qil va ulardan gunohkor yoki kofirlariga itoat qilma. (24)

وَمِنَ اللَّيْلِ فَاسْجُدْ لَهُ وَسَبِّحْهُ لَيْلًا طَوِيلًا ٢٦ i

76:26

Va kechasida ham Unga sajda qil va uzoq kechalarda Unga tasbih ayt. (26)

إِنَّ هَٰؤُلَاءِ يُحِبُّونَ الْعَاجِلَةَ وَيَذَرُونَ وَرَاءَهُمْ يَوْمًا ثَقِيلًا ٢٧ i

76:27

Albatta, anavilar shoshgan(dunyo)ni yaxshi ko`rurlar va og`ir kunni ortlarida qoldirurlar. (27)

نَحْنُ خَلَقْنَاهُمْ وَشَدَدْنَا أَسْرَهُمْ ۖ وَإِذَا شِئْنَا بَدَّلْنَا أَمْثَالَهُمْ تَبْدِيلًا ٢٨ i

76:28

Biz ularni yaratdik va yaratilishlarini mahkam qildik. Va agar xohlasak, ularning o`rinlariga o`xshashlarini keltiramiz. (28)

إِنَّ هَٰذِهِ تَذْكِرَةٌ ۖ فَمَنْ شَاءَ اتَّخَذَ إِلَىٰ رَبِّهِ سَبِيلًا ٢٩ i

76:29

Albatta, bu (sura) eslatmadur. Bas, kim xohlasa, o`z Robbisiga yo`l oladir. (29)

وَمَا تَشَاءُونَ إِلَّا أَنْ يَشَاءَ اللَّهُ ۚ إِنَّ اللَّهَ كَانَ عَلِيمًا حَكِيمًا ٣٠ i

76:30

Va Alloh xohlasagina, sizlar ham xohlaysizlar. Albatta, Alloh biluvchi va hikmatli Zotdir. (30)

يُدْخِلُ مَنْ يَشَاءُ فِي رَحْمَتِهِ ۚ وَالظَّالِمِينَ أَعَدَّ لَهُمْ عَذَابًا أَلِيمًا ٣١ i

76:31

U kimni xohlasa, O`z rahmatiga kiritur va zolimlar uchun alamli azoblar tayyorlab qo`ygandir. (31)