Sura Soffot (Saf tortuvchilar) — سُورَةُ الصافات

Soffat surasi — Qur’onning o‘ttiz yettinchi surasi bo‘lib, unda avvalgi payg‘ambarlarning kurashlari hamda iymon yo‘lida sa’y-harakat qilganlarga beriladigan mukofotlar bayon qilinadi.

Sura Soffot (Saf tortuvchilar) — سُورَةُ الصافات

رَبُّ السَّمَاوَاتِ وَالْأَرْضِ وَمَا بَيْنَهُمَا وَرَبُّ الْمَشَارِقِ ٥ i

37:5

U zot osmonlaru yerning va ikkisi orasidagi narsalarning Robbidir. Va mashriqlarning Robbidir. (5)

إِنَّا زَيَّنَّا السَّمَاءَ الدُّنْيَا بِزِينَةٍ الْكَوَاكِبِ ٦ i

37:6

Albatta, Biz bu dunyo osmonini yulduzlar ziynati-la ziynatladik. (6)

لَا يَسَّمَّعُونَ إِلَى الْمَلَإِ الْأَعْلَىٰ وَيُقْذَفُونَ مِنْ كُلِّ جَانِبٍ ٨ i

37:8

Ular yuksak to`pliqqa quloq sola olmaslar va har tomondan (uchqun-la) otilurlar. (8)

إِلَّا مَنْ خَطِفَ الْخَطْفَةَ فَأَتْبَعَهُ شِهَابٌ ثَاقِبٌ ١٠ i

37:10

Magar birorta so`zni o`g`rilikcha tinglagan shaxs bo`lsa, uni yoquvchi olov ta'qib etar. (10)

فَاسْتَفْتِهِمْ أَهُمْ أَشَدُّ خَلْقًا أَمْ مَنْ خَلَقْنَا ۚ إِنَّا خَلَقْنَاهُمْ مِنْ طِينٍ لَازِبٍ ١١ i

37:11

Bas, sen ulardan so`ra: ularni yaratish qiyinroqmikan yoki Biz yaratgan zotlarni?! Albatta, Biz ularni yopishqoq loydan yaratdik. (11)

أَإِذَا مِتْنَا وَكُنَّا تُرَابًا وَعِظَامًا أَإِنَّا لَمَبْعُوثُونَ ١٦ i

37:16

O`lsak-da, tuproq va suyak bo`lsak-da, albatta, biz qayta tiriltirilurmizmi?! (16)

فَإِنَّمَا هِيَ زَجْرَةٌ وَاحِدَةٌ فَإِذَا هُمْ يَنْظُرُونَ ١٩ i

37:19

Bas, u faqatgina bir qichqiriqdan iborat, xolos. Bas, birdan ular nazar solib turibdilar-da! (19)

وَقَالُوا يَا وَيْلَنَا هَٰذَا يَوْمُ الدِّينِ ٢٠ i

37:20

Va ular: «Voh, sho`rimiz qurisin! Bu, jazo kuni-ku!» – derlar. (20)

هَٰذَا يَوْمُ الْفَصْلِ الَّذِي كُنْتُمْ بِهِ تُكَذِّبُونَ ٢١ i

37:21

«Bu, sizlar yolg`onga chiqarib yurgan ajrim kunidir. (21)

احْشُرُوا الَّذِينَ ظَلَمُوا وَأَزْوَاجَهُمْ وَمَا كَانُوا يَعْبُدُونَ ٢٢ i

37:22

Zulm qilganlarni, ularning juftlarini va ular ibodat qilib yurgan... (22)

مِنْ دُونِ اللَّهِ فَاهْدُوهُمْ إِلَىٰ صِرَاطِ الْجَحِيمِ ٢٣ i

37:23

Allohdan o`zga narsalarini to`planglar. Bas, ularni jahiym yo`liga hidoyat qiling» (deyilur). (23)

قَالُوا إِنَّكُمْ كُنْتُمْ تَأْتُونَنَا عَنِ الْيَمِينِ ٢٨ i

37:28

Ular: «Albatta, sizlar bizga o`ng tomondan kelar edingiz», derlar. (28)

وَمَا كَانَ لَنَا عَلَيْكُمْ مِنْ سُلْطَانٍ ۖ بَلْ كُنْتُمْ قَوْمًا طَاغِينَ ٣٠ i

37:30

Bizning ustingizdan hukmronligimiz bo`lmagan edi. Yo`q! Siz o`zingiz tug`yonga ketgan qavm edingiz. (30)

فَحَقَّ عَلَيْنَا قَوْلُ رَبِّنَا ۖ إِنَّا لَذَائِقُونَ ٣١ i

37:31

Bas, hammamizga Robbimizning (azob) so`zi haq bo`ldi. Albatta, biz totguvchilarmiz. (31)

فَأَغْوَيْنَاكُمْ إِنَّا كُنَّا غَاوِينَ ٣٢ i

37:32

Ha, biz sizlarni ig`vo qildik. Albatta, biz ig`vo qilguvchi edik», derlar. (32)

فَإِنَّهُمْ يَوْمَئِذٍ فِي الْعَذَابِ مُشْتَرِكُونَ ٣٣ i

37:33

Bas, ular u kunda azobda sherik bo`lguvchilardir. (33)

إِنَّهُمْ كَانُوا إِذَا قِيلَ لَهُمْ لَا إِلَٰهَ إِلَّا اللَّهُ يَسْتَكْبِرُونَ ٣٥ i

37:35

Chunki, ularga qachonki «Laa ilaaha Illallohu», deyilsa, mutakabbirlik qilar edilar. (35)

وَيَقُولُونَ أَئِنَّا لَتَارِكُو آلِهَتِنَا لِشَاعِرٍ مَجْنُونٍ ٣٦ i

37:36

«Axir, biz bir jinni shoirni deb o`z xudolarimizni tark qilguvchi bo`laylikmi?!» – der edilar. (36)

بَلْ جَاءَ بِالْحَقِّ وَصَدَّقَ الْمُرْسَلِينَ ٣٧ i

37:37

Yo`q! U haqni keltirdi va Payg`ambarlarni tasdiq qildi. (37)

وَمَا تُجْزَوْنَ إِلَّا مَا كُنْتُمْ تَعْمَلُونَ ٣٩ i

37:39

Qilib o`tgan narsangizdan boshqa narsaning jazosini olmassiz. (39)

لَا فِيهَا غَوْلٌ وَلَا هُمْ عَنْهَا يُنْزَفُونَ ٤٧ i

37:47

Unda hech bir zarar yo`qdir va undan sarxush ham bo`lmaslar. (47)

وَعِنْدَهُمْ قَاصِرَاتُ الطَّرْفِ عِينٌ ٤٨ i

37:48

Oldilarida ko`zlarini (begonalardan) tiyguvchi shahlo ko`zlilar bordir. (48)

قَالَ قَائِلٌ مِنْهُمْ إِنِّي كَانَ لِي قَرِينٌ ٥١ i

37:51

Ichlaridan bir so`zlovchi: «Aniqki, mening bir do`stim bor edi. (51)

أَإِذَا مِتْنَا وَكُنَّا تُرَابًا وَعِظَامًا أَإِنَّا لَمَدِينُونَ ٥٣ i

37:53

O`lib, tuproq va suyaklar bo`lib ketsak ham, albatta, jazolanadiganlardan bo`lurmizmi?!» – der edi. (53)

وَلَوْلَا نِعْمَةُ رَبِّي لَكُنْتُ مِنَ الْمُحْضَرِينَ ٥٧ i

37:57

Agar Robbimning ne'mati bo`lmaganida, men ham (do`zaxga) hozir qilinganlardan bo`lur edim», dedi. (57)

إِلَّا مَوْتَتَنَا الْأُولَىٰ وَمَا نَحْنُ بِمُعَذَّبِينَ ٥٩ i

37:59

Faqat birinchi o`limimizdan boshqa?! Biz azoblanguvchi emas ekanmizmi?! (59)

لِمِثْلِ هَٰذَا فَلْيَعْمَلِ الْعَامِلُونَ ٦١ i

37:61

Bas, amal qilguvchilar mana shunga o`xshash narsa uchun amal etsinlar». (61)

أَذَٰلِكَ خَيْرٌ نُزُلًا أَمْ شَجَرَةُ الزَّقُّومِ ٦٢ i

37:62

Manzil o`laroq ana o`sha yaxshimi yoki zaqqum daraxtimi? (62)

إِنَّهَا شَجَرَةٌ تَخْرُجُ فِي أَصْلِ الْجَحِيمِ ٦٤ i

37:64

Darhaqiqat, u bir daraxt bo`lib, do`zax qa'ridan chiqur. (64)

طَلْعُهَا كَأَنَّهُ رُءُوسُ الشَّيَاطِينِ ٦٥ i

37:65

Uning (meva) tugar joyi xuddi shaytonlarning boshlariga o`xshar. (65)

فَإِنَّهُمْ لَآكِلُونَ مِنْهَا فَمَالِئُونَ مِنْهَا الْبُطُونَ ٦٦ i

37:66

Bas, albatta, ular undan yeguvchilardir. Undan qorinlarni to`ldirguvchilardir. (66)

ثُمَّ إِنَّ لَهُمْ عَلَيْهَا لَشَوْبًا مِنْ حَمِيمٍ ٦٧ i

37:67

So`ngra, buning ustiga, ular uchun o`ta qaynoq suvdan aralashtirma ham bor. (67)

وَلَقَدْ ضَلَّ قَبْلَهُمْ أَكْثَرُ الْأَوَّلِينَ ٧١ i

37:71

Batahqiq, ulardan oldin avvalgilarning ko`plari adashganlar. (71)

فَانْظُرْ كَيْفَ كَانَ عَاقِبَةُ الْمُنْذَرِينَ ٧٣ i

37:73

Bas, ogohlantirilganlarning oqibati qandoq bo`lganiga nazar sol. (73)

وَلَقَدْ نَادَانَا نُوحٌ فَلَنِعْمَ الْمُجِيبُونَ ٧٥ i

37:75

Batahqiq, Bizga Nuh nido qildi. Bas, naqadar yaxshi ijobat qilguvchimiz. (75)

وَنَجَّيْنَاهُ وَأَهْلَهُ مِنَ الْكَرْبِ الْعَظِيمِ ٧٦ i

37:76

Biz unga va uning ahliga ulug` g`amdan najot berdik. (76)

وَجَعَلْنَا ذُرِّيَّتَهُ هُمُ الْبَاقِينَ ٧٧ i

37:77

Va uning zurriyotlarini, o`zlarini boqiy qolguvchilar qildik. (77)

إِنَّا كَذَٰلِكَ نَجْزِي الْمُحْسِنِينَ ٨٠ i

37:80

Albatta, Biz go`zal amal qilguvchilarni mana shunday mukofotlarmiz. (80)

إِذْ قَالَ لِأَبِيهِ وَقَوْمِهِ مَاذَا تَعْبُدُونَ ٨٥ i

37:85

O`shanda otasiga va qavmiga: «Nimaga ibodat qilmoqdasiz?! (85)

فَرَاغَ إِلَىٰ آلِهَتِهِمْ فَقَالَ أَلَا تَأْكُلُونَ ٩١ i

37:91

Bas, tezda ularning xudolariga burildi va: «Qani, yemaysizlarmi?! (91)

قَالُوا ابْنُوا لَهُ بُنْيَانًا فَأَلْقُوهُ فِي الْجَحِيمِ ٩٧ i

37:97

Ular: «Uning uchun (o`choq) bino qilinglar, bas, uni gulxanga otinglar!» dedilar. (97)

فَأَرَادُوا بِهِ كَيْدًا فَجَعَلْنَاهُمُ الْأَسْفَلِينَ ٩٨ i

37:98

Bas, ular unga makr-hiylani iroda qilishdi. Biz ularni tuban qildik. (98)

وَقَالَ إِنِّي ذَاهِبٌ إِلَىٰ رَبِّي سَيَهْدِينِ ٩٩ i

37:99

U: «Albatta, men Robbimga borguvchiman. U meni hidoyat qilur. (99)

فَلَمَّا بَلَغَ مَعَهُ السَّعْيَ قَالَ يَا بُنَيَّ إِنِّي أَرَىٰ فِي الْمَنَامِ أَنِّي أَذْبَحُكَ فَانْظُرْ مَاذَا تَرَىٰ ۚ قَالَ يَا أَبَتِ افْعَلْ مَا تُؤْمَرُ ۖ سَتَجِدُنِي إِنْ شَاءَ اللَّهُ مِنَ الصَّابِرِينَ ١٠٢ i

37:102

Bas, qachonki (bola) uning o`zi bilan birga yuradigan bo`lganida: «Ey o`g`ilcham, men tushimda seni so`yayotganimni ko`rmoqdaman, boqib ko`r, nima dersan?» – dedi. U: «Ey otajon, senga amr etilganni bajar, inshoalloh, meni sabr qilguvchilardan topursan», dedi. (102)

قَدْ صَدَّقْتَ الرُّؤْيَا ۚ إِنَّا كَذَٰلِكَ نَجْزِي الْمُحْسِنِينَ ١٠٥ i

37:105

Batahqiq, sen tushni tasdiq qilding! Albatta, Biz go`zal ish qilguvchilarni mana shunday mukofotlaymiz». (105)

وَبَشَّرْنَاهُ بِإِسْحَاقَ نَبِيًّا مِنَ الصَّالِحِينَ ١١٢ i

37:112

Yana, Biz unga solihlardan bir Payg`ambar bo`lajak Is'hoqning xushxabarini berdik. (112)

وَبَارَكْنَا عَلَيْهِ وَعَلَىٰ إِسْحَاقَ ۚ وَمِنْ ذُرِّيَّتِهِمَا مُحْسِنٌ وَظَالِمٌ لِنَفْسِهِ مُبِينٌ ١١٣ i

37:113

Va unga ham, Is'hoqqa ham baraka berdik. Ikkovlarining zurriyotidan go`zal amal qilguvchi ham, o`ziga ochiq-oydin zulm qilguvchi ham bo`lur. (113)

وَنَجَّيْنَاهُمَا وَقَوْمَهُمَا مِنَ الْكَرْبِ الْعَظِيمِ ١١٥ i

37:115

Ikkovlariga va qavmlariga katta g`amdan najot berdik. (115)

وَنَصَرْنَاهُمْ فَكَانُوا هُمُ الْغَالِبِينَ ١١٦ i

37:116

Va ularga nusrat berdik, bas, ular g`olib bo`ldilar. (116)

وَآتَيْنَاهُمَا الْكِتَابَ الْمُسْتَبِينَ ١١٧ i

37:117

Va Biz ikkovlariga ravshanu komil bayonli kitobni berdik. (117)

أَتَدْعُونَ بَعْلًا وَتَذَرُونَ أَحْسَنَ الْخَالِقِينَ ١٢٥ i

37:125

Ba'lga ibodat qilib, yaratuvchilarning eng yaxshisini... (125)

اللَّهَ رَبَّكُمْ وَرَبَّ آبَائِكُمُ الْأَوَّلِينَ ١٢٦ i

37:126

O`z Robbingizni va avvalgi ota-bobolaringizning Robbi Allohni tark etasizmi?!» – dedi. (126)

فَكَذَّبُوهُ فَإِنَّهُمْ لَمُحْضَرُونَ ١٢٧ i

37:127

Bas, uni yolg`onchi qildilar. Endi, albatta, ular (azobga) hozir qilinguvchilardir. (127)

إِذْ نَجَّيْنَاهُ وَأَهْلَهُ أَجْمَعِينَ ١٣٤ i

37:134

O`shanda Biz unga va uning ahliga, hammalariga najot berdik. (134)

وَإِنَّكُمْ لَتَمُرُّونَ عَلَيْهِمْ مُصْبِحِينَ ١٣٧ i

37:137

Albatta, siz kechayu kunduz ularning ustidan o`tib turursiz. Aql yuritmaysizlarmi?! (137)

وَبِاللَّيْلِ ۗ أَفَلَا تَعْقِلُونَ ١٣٨ i

37:138

Albatta, siz kechayu kunduz ularning ustidan o`tib turursiz. Aql yuritmaysizlarmi?! (138)

فَلَوْلَا أَنَّهُ كَانَ مِنَ الْمُسَبِّحِينَ ١٤٣ i

37:143

Agar u ko`p tasbih aytguvchilardan bo`lmaganida edi, (143)

لَلَبِثَ فِي بَطْنِهِ إِلَىٰ يَوْمِ يُبْعَثُونَ ١٤٤ i

37:144

Uning qornida qayta tiriltiradigan kungacha qolib ketar edi. (144)

وَأَنْبَتْنَا عَلَيْهِ شَجَرَةً مِنْ يَقْطِينٍ ١٤٦ i

37:146

Va uning ustiga qovoq daraxtini o`stirib qo`ydik. (146)

وَأَرْسَلْنَاهُ إِلَىٰ مِائَةِ أَلْفٍ أَوْ يَزِيدُونَ ١٤٧ i

37:147

Va uni yuz ming yoki undan ko`proqqa Payg`ambar qilib yubordik. (147)

فَآمَنُوا فَمَتَّعْنَاهُمْ إِلَىٰ حِينٍ ١٤٨ i

37:148

Bas, iymon keltirdilar. Keyin Biz ularni ma'lum muddat bahramand qildik. (148)

فَاسْتَفْتِهِمْ أَلِرَبِّكَ الْبَنَاتُ وَلَهُمُ الْبَنُونَ ١٤٩ i

37:149

Bas, ulardan so`ra-chi, Robbingga qizlar-u, ularga o`g`illar ekanmi?! (149)

أَمْ خَلَقْنَا الْمَلَائِكَةَ إِنَاثًا وَهُمْ شَاهِدُونَ ١٥٠ i

37:150

Yoki Biz farishtalarni qiz qilib yaratganmiz-u, ular guvoh bo`lib turganlarmi? (150)

فَأْتُوا بِكِتَابِكُمْ إِنْ كُنْتُمْ صَادِقِينَ ١٥٧ i

37:157

Agar rostgo`ylardan bo`lsangiz, kitobingizni keltiring! (157)

وَجَعَلُوا بَيْنَهُ وَبَيْنَ الْجِنَّةِ نَسَبًا ۚ وَلَقَدْ عَلِمَتِ الْجِنَّةُ إِنَّهُمْ لَمُحْضَرُونَ ١٥٨ i

37:158

Va ular U bilan jinlar orasida nasab (da'vosi) qildilar. Holbuki, jinlar o`zlarining albatta (azobga) hozir qilinguvchiliklarini bilganlar. (158)

لَوْ أَنَّ عِنْدَنَا ذِكْرًا مِنَ الْأَوَّلِينَ ١٦٨ i

37:168

«Agar bizning huzurimizda ham avvalgilardan bir eslatma bo`lganida... (168)

وَلَقَدْ سَبَقَتْ كَلِمَتُنَا لِعِبَادِنَا الْمُرْسَلِينَ ١٧١ i

37:171

Batahqiq, Payg`ambar etib yuborilgan bandalarimizga so`zimiz o`tgandir. (171)

فَإِذَا نَزَلَ بِسَاحَتِهِمْ فَسَاءَ صَبَاحُ الْمُنْذَرِينَ ١٧٧ i

37:177

Qachonki, u ularning hovlisiga tushganida, ogohlantirilganlarning tongi juda yomon bo`lur. (177)

سُبْحَانَ رَبِّكَ رَبِّ الْعِزَّةِ عَمَّا يَصِفُونَ ١٨٠ i

37:180

Sening Robbing, izzat Robbi ular qilgan vasfdan pokdir. (180)