Sura Nuh (Nuh) — سُورَةُ نوح

Nuh surasi — Qur’onning yetmish birinchi surasi bo‘lib, unda Nuh payg‘ambar (alayhissalom)ning o‘z qavmini hidoyatga chaqirish yo‘lidagi tinimsiz sa’y-harakatlari bayon qilinadi.

Sura Nuh (Nuh) — سُورَةُ نوح

Shuningdek quyidagicha tanilgan: Innā Arsalnā Nūḥan (Biz Nuhni yubordik)

إِنَّا أَرْسَلْنَا نُوحًا إِلَىٰ قَوْمِهِ أَنْ أَنْذِرْ قَوْمَكَ مِنْ قَبْلِ أَنْ يَأْتِيَهُمْ عَذَابٌ أَلِيمٌ ١ i

71:1

Biz Nuhni o`z qavmiga, qavmingni ularga alamli azob kelishidan avval ogohlantirgin, deb Payg`ambar qilib yubordik. (1)

قَالَ يَا قَوْمِ إِنِّي لَكُمْ نَذِيرٌ مُبِينٌ ٢ i

71:2

U: «Ey qavmim, albatta, men siz uchun ochiq-oydin ogohlantiruvchiman. (2)

أَنِ اعْبُدُوا اللَّهَ وَاتَّقُوهُ وَأَطِيعُونِ ٣ i

71:3

Allohga ibodat qilinglar, Unga taqvo qilinglar va menga itoat qilinglar. (3)

يَغْفِرْ لَكُمْ مِنْ ذُنُوبِكُمْ وَيُؤَخِّرْكُمْ إِلَىٰ أَجَلٍ مُسَمًّى ۚ إِنَّ أَجَلَ اللَّهِ إِذَا جَاءَ لَا يُؤَخَّرُ ۖ لَوْ كُنْتُمْ تَعْلَمُونَ ٤ i

71:4

U sizlarning gunohlaringizdan mag`firat qiladir va sizni belgilangan ajalgacha qo`yib qo`yadir. Agar bilsangiz, albatta, Allohning ajali orqaga surilmaydir», – dedi. (4)

قَالَ رَبِّ إِنِّي دَعَوْتُ قَوْمِي لَيْلًا وَنَهَارًا ٥ i

71:5

U: «Robbim, men o`z qavmimni kechayu kunduz da'vat qildim. (5)

فَلَمْ يَزِدْهُمْ دُعَائِي إِلَّا فِرَارًا ٦ i

71:6

Mening chaqirig`im ularda qochishdan boshqa narsani ziyoda qilmadi. (6)

وَإِنِّي كُلَّمَا دَعَوْتُهُمْ لِتَغْفِرَ لَهُمْ جَعَلُوا أَصَابِعَهُمْ فِي آذَانِهِمْ وَاسْتَغْشَوْا ثِيَابَهُمْ وَأَصَرُّوا وَاسْتَكْبَرُوا اسْتِكْبَارًا ٧ i

71:7

Va albatta, qachonki men ularni Sening mag`firat qilishing uchun chaqirsam, ular barmoqlarini quloqlariga tiqdilar va kiyimlariga burkanib oldilar, hamda (kofirlikda) sobit bo`ldilar va nihoyatda ulkan takabburlik qildilar. (7)

ثُمَّ إِنِّي أَعْلَنْتُ لَهُمْ وَأَسْرَرْتُ لَهُمْ إِسْرَارًا ٩ i

71:9

So`ngra, albatta, men ularga oshkora va yashirin (da'vat) qildim. (9)

فَقُلْتُ اسْتَغْفِرُوا رَبَّكُمْ إِنَّهُ كَانَ غَفَّارًا ١٠ i

71:10

Bas, o`z Robbingizga istig`for ayting, albatta, U gunohlarni ko`plab mag`firat qiluvchidir», dedim. (10)

يُرْسِلِ السَّمَاءَ عَلَيْكُمْ مِدْرَارًا ١١ i

71:11

«U zot osmondan ustingizga ketma-ket baraka yomg`irini yuboradir. (11)

وَيُمْدِدْكُمْ بِأَمْوَالٍ وَبَنِينَ وَيَجْعَلْ لَكُمْ جَنَّاتٍ وَيَجْعَلْ لَكُمْ أَنْهَارًا ١٢ i

71:12

Va sizga molu mulk va bola-chaqa ila madad beradir va sizlarga bog`u rog`lar hamda anhorlarni beradir. (12)

مَا لَكُمْ لَا تَرْجُونَ لِلَّهِ وَقَارًا ١٣ i

71:13

Sizlarga nima bo`ldiki, Allohning azamatini o`ylab ko`rmaysizlar? (13)

أَلَمْ تَرَوْا كَيْفَ خَلَقَ اللَّهُ سَبْعَ سَمَاوَاتٍ طِبَاقًا ١٥ i

71:15

Alloh yetti osmonni qandoq qilib tabaqama-tabaqa yaratib qo`yganini ko`rmadingizmi? (15)

وَجَعَلَ الْقَمَرَ فِيهِنَّ نُورًا وَجَعَلَ الشَّمْسَ سِرَاجًا ١٦ i

71:16

Va ular ichida oyni nur va quyoshni chiroq qilib qo`yganini ko`rmadingizmi? (16)

ثُمَّ يُعِيدُكُمْ فِيهَا وَيُخْرِجُكُمْ إِخْرَاجًا ١٨ i

71:18

So`ngra sizlarni unga qaytaradir va yana chiqaradir. (18)

قَالَ نُوحٌ رَبِّ إِنَّهُمْ عَصَوْنِي وَاتَّبَعُوا مَنْ لَمْ يَزِدْهُ مَالُهُ وَوَلَدُهُ إِلَّا خَسَارًا ٢١ i

71:21

Nuh: «Ey Robbim, albatta, ular menga isyon qildilar va moli, bola-chaqasi xusrondan boshqani ziyoda qilmaganga ergashdilar. (21)

وَقَالُوا لَا تَذَرُنَّ آلِهَتَكُمْ وَلَا تَذَرُنَّ وَدًّا وَلَا سُوَاعًا وَلَا يَغُوثَ وَيَعُوقَ وَنَسْرًا ٢٣ i

71:23

Va ular: «Olihalaringizni hech tark qilmanglar, va, albatta, Vaddni ham, Suva'ni ham, Yag`usni ham, Ya'uqni ham va Nasrni ham tark qilmang», dedilar. (23)

وَقَدْ أَضَلُّوا كَثِيرًا ۖ وَلَا تَزِدِ الظَّالِمِينَ إِلَّا ضَلَالًا ٢٤ i

71:24

Darhaqiqat, ular ko`plarini adashtirdi. Va Sen zolimlarga zalolatdan boshqani ziyoda qilma», dedi. (24)

مِمَّا خَطِيئَاتِهِمْ أُغْرِقُوا فَأُدْخِلُوا نَارًا فَلَمْ يَجِدُوا لَهُمْ مِنْ دُونِ اللَّهِ أَنْصَارًا ٢٥ i

71:25

Ular xatolari tufayli g`arq qilindilar, bas, olovga kiritildilar. Bas, o`zlariga Allohdan o`zga yordamchi topa olmadilar. (25)

وَقَالَ نُوحٌ رَبِّ لَا تَذَرْ عَلَى الْأَرْضِ مِنَ الْكَافِرِينَ دَيَّارًا ٢٦ i

71:26

Va Nuh: «Ey Robbim, yer yuzida kofirlardan birorta ham harakatlanuvchini qo`ymagin. (26)

إِنَّكَ إِنْ تَذَرْهُمْ يُضِلُّوا عِبَادَكَ وَلَا يَلِدُوا إِلَّا فَاجِرًا كَفَّارًا ٢٧ i

71:27

Albatta, sen ularni tek qo`ysang, bandalaringni adashtiradilar va fojiru kofirdan boshqa tug`maslar. (27)

رَبِّ اغْفِرْ لِي وَلِوَالِدَيَّ وَلِمَنْ دَخَلَ بَيْتِيَ مُؤْمِنًا وَلِلْمُؤْمِنِينَ وَالْمُؤْمِنَاتِ وَلَا تَزِدِ الظَّالِمِينَ إِلَّا تَبَارًا ٢٨ i

71:28

Robbim, meni mag`firat qilgin, mening ota-onamni ham va uyimga mo`min bo`lib kirganlarni va mo`minlaru mo`minalarni ham. Va zolimlarga halokatdan o`zga narsani ziyoda qilma», dedi. (28)