Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.
وَإِذْ قَالَ رَبُّكَ لِلْمَلَائِكَةِ إِنِّي جَاعِلٌ فِي الْأَرْضِ خَلِيفَةً ۖ قَالُوا أَتَجْعَلُ فِيهَا مَنْ يُفْسِدُ فِيهَا وَيَسْفِكُ الدِّمَاءَ وَنَحْنُ نُسَبِّحُ بِحَمْدِكَ وَنُقَدِّسُ لَكَ ۖ قَالَ إِنِّي أَعْلَمُ مَا لَا تَعْلَمُونَ i
Esla, vaqtiki Robbing farishtalarga: «Men yer yuzida xalifa qilmoqchiman», – dedi. Ular: «Unda fasod qiladigan, qon to`kadigan kimsani qilmoqchimisan? Va holbuki, biz Senga tasbih, hamd aytib va Seni ulug`lab turibmiz», – dedilar. U: «Men siz bilmaganni bilaman», – dedi. (30)
وَعَلَّمَ آدَمَ الْأَسْمَاءَ كُلَّهَا ثُمَّ عَرَضَهُمْ عَلَى الْمَلَائِكَةِ فَقَالَ أَنْبِئُونِي بِأَسْمَاءِ هَٰؤُلَاءِ إِنْ كُنْتُمْ صَادِقِينَ i
Va U Odamga ismlarning barchasini o`rgatdi, so`ngra ularni farishtalarga ro`baro` qildi. Keyin: «Agar rostgo`ylardan bo`lsangiz, anavilarning ismlarini menga aytib bering», – dedi. (31)
قَالُوا سُبْحَانَكَ لَا عِلْمَ لَنَا إِلَّا مَا عَلَّمْتَنَا ۖ إِنَّكَ أَنْتَ الْعَلِيمُ الْحَكِيمُ i
Ular: «O`zing poksan! Bizda Sen bildirgandan boshqa ilm yo`q. Albatta, Sening O`zing biluvchisan va hikmatli Zotsan», – dedilar. (32)
قَالَ يَا آدَمُ أَنْبِئْهُمْ بِأَسْمَائِهِمْ ۖ فَلَمَّا أَنْبَأَهُمْ بِأَسْمَائِهِمْ قَالَ أَلَمْ أَقُلْ لَكُمْ إِنِّي أَعْلَمُ غَيْبَ السَّمَاوَاتِ وَالْأَرْضِ وَأَعْلَمُ مَا تُبْدُونَ وَمَا كُنْتُمْ تَكْتُمُونَ i
«Ey Odam, bularga u narsalarning ismlarini aytib ber», – dedi. Ularga o`sha narsalarning ismlarini aytib bergan chog`ida, «Men sizlarga osmonlaru yerning g`aybini bilaman va sizlar berkitmaganu berkitgan narsalarni ham bilaman demabmidim», – dedi. (33)
وَإِذْ قُلْنَا لِلْمَلَائِكَةِ اسْجُدُوا لِآدَمَ فَسَجَدُوا إِلَّا إِبْلِيسَ أَبَىٰ وَاسْتَكْبَرَ وَكَانَ مِنَ الْكَافِرِينَ i
Esla, farishtalarga: «Odamga sajda qilinglar!» deganimizni. Bas, sajda qildilar, magar iblis bosh tortdi, mutakabbirlik qildi va kofirlardan bo`ldi. (34)
وَقُلْنَا يَا آدَمُ اسْكُنْ أَنْتَ وَزَوْجُكَ الْجَنَّةَ وَكُلَا مِنْهَا رَغَدًا حَيْثُ شِئْتُمَا وَلَا تَقْرَبَا هَٰذِهِ الشَّجَرَةَ فَتَكُونَا مِنَ الظَّالِمِينَ i
Va: «Ey Odam, sen o`z jufting ila jannatda maskan top. Unda nimani xohlasalaringiz, yenglar, osh bo`lsin va mana bu daraxtga yaqin kelmanglar, bas, u holda zolimlardan bo`lasizlar», – dedik. (35)
فَأَزَلَّهُمَا الشَّيْطَانُ عَنْهَا فَأَخْرَجَهُمَا مِمَّا كَانَا فِيهِ ۖ وَقُلْنَا اهْبِطُوا بَعْضُكُمْ لِبَعْضٍ عَدُوٌّ ۖ وَلَكُمْ فِي الْأَرْضِ مُسْتَقَرٌّ وَمَتَاعٌ إِلَىٰ حِينٍ i
Shayton ularni undan ozdirdi va bo`lgan narsalaridan chiqardi. Va Biz: «Ba'zingiz ba'zingizga dushman bo`lib tushinglar, sizlarga yer yuzida qarorgoh va bir muddat huzur qilish bordir», – dedik. (36)
فَتَلَقَّىٰ آدَمُ مِنْ رَبِّهِ كَلِمَاتٍ فَتَابَ عَلَيْهِ ۚ إِنَّهُ هُوَ التَّوَّابُ الرَّحِيمُ i
Bas, Odam o`z Robbisidan so`zlarni qabul qilib oldi, keyin U Zot uning tavbasini qabul qildi. Albatta, U tavbani qabul qiluvchi va rahimli Zotdir. (37)
قُلْنَا اهْبِطُوا مِنْهَا جَمِيعًا ۖ فَإِمَّا يَأْتِيَنَّكُمْ مِنِّي هُدًى فَمَنْ تَبِعَ هُدَايَ فَلَا خَوْفٌ عَلَيْهِمْ وَلَا هُمْ يَحْزَنُونَ i
Biz: «Undan hammangiz tushing. Bas, Mendan sizga hidoyat kelajak. Kim Mening hidoyatimga ergashsa, ularga xavf yo`q va ular xafa ham bo`lmaslar», – dedik. (38)
وَالَّذِينَ كَفَرُوا وَكَذَّبُوا بِآيَاتِنَا أُولَٰئِكَ أَصْحَابُ النَّارِ ۖ هُمْ فِيهَا خَالِدُونَ i
Va kufr keltirgan hamda oyatlarimizni yolg`onga chiqarganlar esa, ular do`zax egalaridir, ular unda abadiy qolurlar. (39)
Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin