Sura Qof (Qof) — سُورَةُ ق
ق ۚ وَالْقُرْآنِ الْمَجِيدِ i
Qoof. Ulug` Qur'on ila qasam. (1)
بَلْ عَجِبُوا أَنْ جَاءَهُمْ مُنْذِرٌ مِنْهُمْ فَقَالَ الْكَافِرُونَ هَٰذَا شَيْءٌ عَجِيبٌ i
Balki, ularga o`zlaridan ogohlantiruvchi kelganidan ajablandilar va kofirlar: «Bu ajib narsa-ku?» – dedilar. (2)
أَإِذَا مِتْنَا وَكُنَّا تُرَابًا ۖ ذَٰلِكَ رَجْعٌ بَعِيدٌ i
O`lib, tuproq bo`lganimizdan keyin ham-a? Bu qaytish (aqldan) uzoq. (3)
قَدْ عَلِمْنَا مَا تَنْقُصُ الْأَرْضُ مِنْهُمْ ۖ وَعِنْدَنَا كِتَابٌ حَفِيظٌ i
Haqiqatan, Biz ularni yer kamaytirayotganini bildik va Bizning huzurimizda saqlovchi kitob bor. (4)
بَلْ كَذَّبُوا بِالْحَقِّ لَمَّا جَاءَهُمْ فَهُمْ فِي أَمْرٍ مَرِيجٍ i
Aniqki, ularga haq kelganda, uni yolg`onga chiqardilar. Bas, ular iztirobli ishdadirlar. (5)
أَفَلَمْ يَنْظُرُوا إِلَى السَّمَاءِ فَوْقَهُمْ كَيْفَ بَنَيْنَاهَا وَزَيَّنَّاهَا وَمَا لَهَا مِنْ فُرُوجٍ i
Ustilaridagi osmonga nazar solmaydilarmi? Uni qanday bino qilibmiz va ziynatlabmiz? Va (holbuki), uning teshiklari ham yo`q?! (6)
وَالْأَرْضَ مَدَدْنَاهَا وَأَلْقَيْنَا فِيهَا رَوَاسِيَ وَأَنْبَتْنَا فِيهَا مِنْ كُلِّ زَوْجٍ بَهِيجٍ i
Va yerni cho`zib qo`ydik, unga tog`larni tashladik va unda turli go`zal juftlarni o`stirdik. (7)
تَبْصِرَةً وَذِكْرَىٰ لِكُلِّ عَبْدٍ مُنِيبٍ i
(Robbisiga) qaytuvchi har bir bandaga ko`rgazma va eslatma qilib... (8)
وَنَزَّلْنَا مِنَ السَّمَاءِ مَاءً مُبَارَكًا فَأَنْبَتْنَا بِهِ جَنَّاتٍ وَحَبَّ الْحَصِيدِ i
Va osmondan baraka suvini tushirdik hamda u bilan bog`-rog`larni va don hosilini o`stirdik. (9)
وَالنَّخْلَ بَاسِقَاتٍ لَهَا طَلْعٌ نَضِيدٌ i
Va zich mevali shingillari bor xurmolarni ham. (10)
رِزْقًا لِلْعِبَادِ ۖ وَأَحْيَيْنَا بِهِ بَلْدَةً مَيْتًا ۚ كَذَٰلِكَ الْخُرُوجُ i
Bandalarga rizq qilib. Va u (yomg`ir) bilan o`lgan shaharni tiriltirdik. Shunday bo`ladir (qabrdan) chiqish ham. (11)
كَذَّبَتْ قَبْلَهُمْ قَوْمُ نُوحٍ وَأَصْحَابُ الرَّسِّ وَثَمُودُ i
Ulardan avval Nuh qavmi, quduq sohiblari va Samud yolg`onga chiqarganlar. (12)
وَعَادٌ وَفِرْعَوْنُ وَإِخْوَانُ لُوطٍ i
Va Od, Fir'avn, Lut birodarlari. (13)
وَأَصْحَابُ الْأَيْكَةِ وَقَوْمُ تُبَّعٍ ۚ كُلٌّ كَذَّبَ الرُّسُلَ فَحَقَّ وَعِيدِ i
Va daraxtzor egalari va Tubba' qavmi — barchalari Payg`ambarlarni yolg`onga chiqarganlar. Bas, (azob) va'dam haq bo`ldi. (14)
أَفَعَيِينَا بِالْخَلْقِ الْأَوَّلِ ۚ بَلْ هُمْ فِي لَبْسٍ مِنْ خَلْقٍ جَدِيدٍ i
Avvalgi yaratishga ojiz bo`l-dikmi? Yo`q! Ular yangidan yaratilishga shubhadadirlar. (15)
وَلَقَدْ خَلَقْنَا الْإِنْسَانَ وَنَعْلَمُ مَا تُوَسْوِسُ بِهِ نَفْسُهُ ۖ وَنَحْنُ أَقْرَبُ إِلَيْهِ مِنْ حَبْلِ الْوَرِيدِ i
Albatta, insonni Biz yaratganmiz va uning nafsi nimani vasvasa qilishini ham bilurmiz. Va Biz unga jon tomiridan ham yaqinmiz. (16)
إِذْ يَتَلَقَّى الْمُتَلَقِّيَانِ عَنِ الْيَمِينِ وَعَنِ الشِّمَالِ قَعِيدٌ i
Vaqtiki ikki kutib oluvchi o`ngda va chapda o`tirgan hollarida kutib olurlar. (17)
مَا يَلْفِظُ مِنْ قَوْلٍ إِلَّا لَدَيْهِ رَقِيبٌ عَتِيدٌ i
Biror so`z aytmas, magar huzurida hoziru nozir borlar. (18)
وَجَاءَتْ سَكْرَةُ الْمَوْتِ بِالْحَقِّ ۖ ذَٰلِكَ مَا كُنْتَ مِنْهُ تَحِيدُ i
O`limning mastligi (talvasasi) haqiqat bo`lib keldi. Sen qochib yurgan narsa shuldir. (19)
وَنُفِخَ فِي الصُّورِ ۚ ذَٰلِكَ يَوْمُ الْوَعِيدِ i
Va sur ham chalindi. Bu, qo`rqitilgan kundir. (20)
وَجَاءَتْ كُلُّ نَفْسٍ مَعَهَا سَائِقٌ وَشَهِيدٌ i
Va har bir jon haydaguvchi va guvohlik beruvchi bilan keldi. (21)
لَقَدْ كُنْتَ فِي غَفْلَةٍ مِنْ هَٰذَا فَكَشَفْنَا عَنْكَ غِطَاءَكَ فَبَصَرُكَ الْيَوْمَ حَدِيدٌ i
Albatta, sen bundan g`aflatda eding. Bas, Biz sening pardangni ochdik va bugun ko`zing o`tkirdir. (22)
وَقَالَ قَرِينُهُ هَٰذَا مَا لَدَيَّ عَتِيدٌ i
Va uning «yaqini»: «Mana bu mendagi tayyor narsa», dedi. (23)
أَلْقِيَا فِي جَهَنَّمَ كُلَّ كَفَّارٍ عَنِيدٍ i
Har bir qaysarni, kofirni jahannamga tashlang! (24)
مَنَّاعٍ لِلْخَيْرِ مُعْتَدٍ مُرِيبٍ i
Yaxshilikni man qiluvchini, tajovuzkorni, shak keltiruvchini. (25)
الَّذِي جَعَلَ مَعَ اللَّهِ إِلَٰهًا آخَرَ فَأَلْقِيَاهُ فِي الْعَذَابِ الشَّدِيدِ i
Alloh bilan birga boshqani iloh qilib olganni shiddatli azobga tashlang! (26)
قَالَ قَرِينُهُ رَبَّنَا مَا أَطْغَيْتُهُ وَلَٰكِنْ كَانَ فِي ضَلَالٍ بَعِيدٍ i
Uning «yaqini»: «Robbimiz, uni men tug`yonga ketkazganim yo`q, lekin uning o`zi uzoq zalolatda bo`ldi», der. (27)
قَالَ لَا تَخْتَصِمُوا لَدَيَّ وَقَدْ قَدَّمْتُ إِلَيْكُمْ بِالْوَعِيدِ i
U zot dedi: «Mening huzurimda tortishmanglar, sizlarga azob va'dasini taqdim qiluvdim. (28)
مَا يُبَدَّلُ الْقَوْلُ لَدَيَّ وَمَا أَنَا بِظَلَّامٍ لِلْعَبِيدِ i
Mening huzurimda gap o`zgarmas va Men bandalarga zulm qilguvchi emasman». (29)
يَوْمَ نَقُولُ لِجَهَنَّمَ هَلِ امْتَلَأْتِ وَتَقُولُ هَلْ مِنْ مَزِيدٍ i
Bugun jahannamga: «To`ldingmi?» desak, u: «Yana qo`shimcha bormi?» der. (30)
وَأُزْلِفَتِ الْجَنَّةُ لِلْمُتَّقِينَ غَيْرَ بَعِيدٍ i
Va jannat taqvodorlarga uzoq bo`lmagan joyga yaqinlashtirildi. (31)
هَٰذَا مَا تُوعَدُونَ لِكُلِّ أَوَّابٍ حَفِيظٍ i
Bu — sizga va'da qilingan narsadir. Har bir sertavbaga va saqlovchiga. (32)
مَنْ خَشِيَ الرَّحْمَٰنَ بِالْغَيْبِ وَجَاءَ بِقَلْبٍ مُنِيبٍ i
Rohmandan g`oyibona qo`rqqan va salomat qalb ila kelgan kimsaga. (33)
ادْخُلُوهَا بِسَلَامٍ ۖ ذَٰلِكَ يَوْمُ الْخُلُودِ i
«Unga salomat bo`lgan holda kiringiz. Bu — mangulik kunidir» (deyilur). (34)
لَهُمْ مَا يَشَاءُونَ فِيهَا وَلَدَيْنَا مَزِيدٌ i
U yerda nima xohlasalar, ularniki. Va huzurimizda ziyodasi bor. (35)
وَكَمْ أَهْلَكْنَا قَبْلَهُمْ مِنْ قَرْنٍ هُمْ أَشَدُّ مِنْهُمْ بَطْشًا فَنَقَّبُوا فِي الْبِلَادِ هَلْ مِنْ مَحِيصٍ i
Ulardan avval, ulardan ko`ra kuchliroq asr(avlod)lardan qanchasini halok qildik. «Qochadigan joy bormi?» deb yurtma-yurt kezib chiqdilar. (36)
إِنَّ فِي ذَٰلِكَ لَذِكْرَىٰ لِمَنْ كَانَ لَهُ قَلْبٌ أَوْ أَلْقَى السَّمْعَ وَهُوَ شَهِيدٌ i
Albatta, bunda qalbi borlarga va zehn bilan quloq osganlarga eslatma bordir. (37)
وَلَقَدْ خَلَقْنَا السَّمَاوَاتِ وَالْأَرْضَ وَمَا بَيْنَهُمَا فِي سِتَّةِ أَيَّامٍ وَمَا مَسَّنَا مِنْ لُغُوبٍ i
Albatta, osmonlaru yerni va ularning orasidagi narsalarni olti kunda yaratdik. Va Bizni charchoq tutmadi. (38)
فَاصْبِرْ عَلَىٰ مَا يَقُولُونَ وَسَبِّحْ بِحَمْدِ رَبِّكَ قَبْلَ طُلُوعِ الشَّمْسِ وَقَبْلَ الْغُرُوبِ i
Ularning aytayotganlariga sabr qil va Robbingga quyosh chiqishi va botishidan avval hamdu tasbih ayt. (39)
وَمِنَ اللَّيْلِ فَسَبِّحْهُ وَأَدْبَارَ السُّجُودِ i
Kechasida ham Unga tasbih ayt. Va sajdadan keyin ham. (40)
وَاسْتَمِعْ يَوْمَ يُنَادِ الْمُنَادِ مِنْ مَكَانٍ قَرِيبٍ i
Nido qiluvchi yaqin joydan nido qilgan kunda quloq os. (41)
يَوْمَ يَسْمَعُونَ الصَّيْحَةَ بِالْحَقِّ ۚ ذَٰلِكَ يَوْمُ الْخُرُوجِ i
U kunda qichqiriqni haq ila eshiturlar. Ana o`sha, chiqish kunidir. (42)
إِنَّا نَحْنُ نُحْيِي وَنُمِيتُ وَإِلَيْنَا الْمَصِيرُ i
Albatta, Biz tiriltirurmiz, o`ldirurmiz. Va qaytish ham Bizgadir. (43)
يَوْمَ تَشَقَّقُ الْأَرْضُ عَنْهُمْ سِرَاعًا ۚ ذَٰلِكَ حَشْرٌ عَلَيْنَا يَسِيرٌ i
U kunda ustlaridagi yer yorilib, shoshib chiqurlar. Ana o`sha, Biz uchun oson to`plashdir. (44)
نَحْنُ أَعْلَمُ بِمَا يَقُولُونَ ۖ وَمَا أَنْتَ عَلَيْهِمْ بِجَبَّارٍ ۖ فَذَكِّرْ بِالْقُرْآنِ مَنْ يَخَافُ وَعِيدِ i
Ularning aytganlarini Biz biluvchimiz. Sen ularning ustidagi jabbor emassan. Bas, Qur'on ila azob va'damdan qo`rqqanlarni ogohlantir. (45)