Sura Hadid (Temir) — سُورَةُ الحديد

Hadid surasi — Qur’onning ellik yettinchi surasi bo‘lib, unda Allohning qudrati, sadaqaning ahamiyati hamda haqiqiy iymon bilan nifoq o‘rtasidagi farq ta’kidlanadi.

Sura Hadid (Temir) — سُورَةُ الحديد

سَبَّحَ لِلَّهِ مَا فِي السَّمَاوَاتِ وَالْأَرْضِ ۖ وَهُوَ الْعَزِيزُ الْحَكِيمُ ١ i

57:1

Osmonlardagi va yerdagi narsalar Allohga tasbih aytdi. U zot Aziyz va Hakiymdir. (1)

لَهُ مُلْكُ السَّمَاوَاتِ وَالْأَرْضِ ۖ يُحْيِي وَيُمِيتُ ۖ وَهُوَ عَلَىٰ كُلِّ شَيْءٍ قَدِيرٌ ٢ i

57:2

Osmonlaru yerning mulki Unikidir. U tiriltirur va o`ldirur va U har bir narsaga qodirdir. (2)

هُوَ الْأَوَّلُ وَالْآخِرُ وَالظَّاهِرُ وَالْبَاطِنُ ۖ وَهُوَ بِكُلِّ شَيْءٍ عَلِيمٌ ٣ i

57:3

U avval va oxir, oshkor va pinhondir. Va U har bir narsani biluvchidir. (3)

هُوَ الَّذِي خَلَقَ السَّمَاوَاتِ وَالْأَرْضَ فِي سِتَّةِ أَيَّامٍ ثُمَّ اسْتَوَىٰ عَلَى الْعَرْشِ ۚ يَعْلَمُ مَا يَلِجُ فِي الْأَرْضِ وَمَا يَخْرُجُ مِنْهَا وَمَا يَنْزِلُ مِنَ السَّمَاءِ وَمَا يَعْرُجُ فِيهَا ۖ وَهُوَ مَعَكُمْ أَيْنَ مَا كُنْتُمْ ۚ وَاللَّهُ بِمَا تَعْمَلُونَ بَصِيرٌ ٤ i

57:4

U osmonlaru yerni olti kunda yaratib, so`ngra (Zoti va ulug`ligiga munosib suratda) Arshga yuksalgan Zotdir. Yerga nima kirganini ham, undan nima chiqqanini ham, osmondan nima tushganini ham, unga nima chiqqanini ham biladir. U, qayerda bo`lsangiz ham, siz bilan birga. Alloh qilayotgan amallaringizni ko`rib turuvchidir. (4)

لَهُ مُلْكُ السَّمَاوَاتِ وَالْأَرْضِ ۚ وَإِلَى اللَّهِ تُرْجَعُ الْأُمُورُ ٥ i

57:5

Osmonlaru yerning mulki Unikidir va barcha ishlar Allohning O`zigagina qaytadir. (5)

يُولِجُ اللَّيْلَ فِي النَّهَارِ وَيُولِجُ النَّهَارَ فِي اللَّيْلِ ۚ وَهُوَ عَلِيمٌ بِذَاتِ الصُّدُورِ ٦ i

57:6

Kechasini kunduzga kiritadi, kunduzni kechasiga kiritadi va U ko`ksingizdagi narsani ham yaxshi biluvchidir. (6)

آمِنُوا بِاللَّهِ وَرَسُولِهِ وَأَنْفِقُوا مِمَّا جَعَلَكُمْ مُسْتَخْلَفِينَ فِيهِ ۖ فَالَّذِينَ آمَنُوا مِنْكُمْ وَأَنْفَقُوا لَهُمْ أَجْرٌ كَبِيرٌ ٧ i

57:7

Allohga va Uning Rasuliga iymon keltiringlar hamda sizlarni xalifa qilib qo`ygan narsalardan ehson qilinglar. Bas, sizlardan iymon keltirgan va ehson qilganlarga ulkan ajr bordir. (7)

وَمَا لَكُمْ لَا تُؤْمِنُونَ بِاللَّهِ ۙ وَالرَّسُولُ يَدْعُوكُمْ لِتُؤْمِنُوا بِرَبِّكُمْ وَقَدْ أَخَذَ مِيثَاقَكُمْ إِنْ كُنْتُمْ مُؤْمِنِينَ ٨ i

57:8

Sizlarga nima bo`ldiki, Allohga iymon keltirmaysizlar? Holbuki, Payg`ambar sizlarni Robbilaringizga iymon keltirishga chaqirib turibdi. U zot sizlardan ahd olgan edi. Agar iymon keltiruvchi bo`lsalaringiz. (8)

هُوَ الَّذِي يُنَزِّلُ عَلَىٰ عَبْدِهِ آيَاتٍ بَيِّنَاتٍ لِيُخْرِجَكُمْ مِنَ الظُّلُمَاتِ إِلَى النُّورِ ۚ وَإِنَّ اللَّهَ بِكُمْ لَرَءُوفٌ رَحِيمٌ ٩ i

57:9

U zot sizlarni zulmatlardan nurga chiqarish uchun O`z bandasiga ravshan oyatlarni tushiradi. Va, albatta, Alloh sizlarga shafqatli va rahimlidir. (9)

وَمَا لَكُمْ أَلَّا تُنْفِقُوا فِي سَبِيلِ اللَّهِ وَلِلَّهِ مِيرَاثُ السَّمَاوَاتِ وَالْأَرْضِ ۚ لَا يَسْتَوِي مِنْكُمْ مَنْ أَنْفَقَ مِنْ قَبْلِ الْفَتْحِ وَقَاتَلَ ۚ أُولَٰئِكَ أَعْظَمُ دَرَجَةً مِنَ الَّذِينَ أَنْفَقُوا مِنْ بَعْدُ وَقَاتَلُوا ۚ وَكُلًّا وَعَدَ اللَّهُ الْحُسْنَىٰ ۚ وَاللَّهُ بِمَا تَعْمَلُونَ خَبِيرٌ ١٠ i

57:10

Sizlarga nima bo`ldiki, Allohning yo`lida ehson qilmaysizlar? Holbuki, osmonlaru yerning merosi Allohnikidir. Sizlardan hech kim fathdan ilgari ehson qilganlarga va urushda qatnashganlarga barobar bo`la olmas. Ularning darajalari fathdan so`ng ehson qilganlardan va urushda qatnashganlardan ko`ra ulug`dir. Alloh barchaga yaxshilikni va'da qilgan. Va Alloh nima qilayotganlaringizdan xabardordir. (10)

مَنْ ذَا الَّذِي يُقْرِضُ اللَّهَ قَرْضًا حَسَنًا فَيُضَاعِفَهُ لَهُ وَلَهُ أَجْرٌ كَرِيمٌ ١١ i

57:11

Allohga yaxshi qarz beradigan kishi bormi?! Bas, U zot unga bir necha marta ko`paytirib qaytaradi va unga karamli ajr bor. (11)

يَوْمَ تَرَى الْمُؤْمِنِينَ وَالْمُؤْمِنَاتِ يَسْعَىٰ نُورُهُمْ بَيْنَ أَيْدِيهِمْ وَبِأَيْمَانِهِمْ بُشْرَاكُمُ الْيَوْمَ جَنَّاتٌ تَجْرِي مِنْ تَحْتِهَا الْأَنْهَارُ خَالِدِينَ فِيهَا ۚ ذَٰلِكَ هُوَ الْفَوْزُ الْعَظِيمُ ١٢ i

57:12

Mo`min va mo`minalarni ularning oldilarida va o`ng taraflarida nurlari harakat qilayotgan holda ko`rgan kuningda, Sizlarga bugungi kunning xushxabari, daraxtlari ostidan suvlari oqib turgan jannatlardir. U joyda abadiy qolajaksiz. Bu esa, aynan ulkan yutuqdir (deyilur). (12)

يَوْمَ يَقُولُ الْمُنَافِقُونَ وَالْمُنَافِقَاتُ لِلَّذِينَ آمَنُوا انْظُرُونَا نَقْتَبِسْ مِنْ نُورِكُمْ قِيلَ ارْجِعُوا وَرَاءَكُمْ فَالْتَمِسُوا نُورًا فَضُرِبَ بَيْنَهُمْ بِسُورٍ لَهُ بَابٌ بَاطِنُهُ فِيهِ الرَّحْمَةُ وَظَاهِرُهُ مِنْ قِبَلِهِ الْعَذَابُ ١٣ i

57:13

Munofiq va munofiqalar iymonlilarga: «To`xtab turinglar, biz ham nuringizdan bir oz olaylik», degan va ularga: «Ortingizga qayting hamda nur qidiring», deyilgan kunda. Bas, ularning orasiga eshigi bor qo`rg`on urilur. Uning ichida rahmat, tashqarisida — oldida azobdir. (13)

يُنَادُونَهُمْ أَلَمْ نَكُنْ مَعَكُمْ ۖ قَالُوا بَلَىٰ وَلَٰكِنَّكُمْ فَتَنْتُمْ أَنْفُسَكُمْ وَتَرَبَّصْتُمْ وَارْتَبْتُمْ وَغَرَّتْكُمُ الْأَمَانِيُّ حَتَّىٰ جَاءَ أَمْرُ اللَّهِ وَغَرَّكُمْ بِاللَّهِ الْغَرُورُ ١٤ i

57:14

Ularga (munofiqlar): «Biz siz bilan birga emasmidik?!» – deb nido qilurlar. Ular: «Xuddi shunday. Lekin sizlar Allohning amri kelguncha o`zingizni o`zingiz fitnaga duchor qildingiz, ko`z tikib kutdingiz, shubha qildingiz va sizlarni xomxayollar g`ururga ketkazdi. Sizlarni Alloh haqida aldamchi aldab qo`ydi. (14)

فَالْيَوْمَ لَا يُؤْخَذُ مِنْكُمْ فِدْيَةٌ وَلَا مِنَ الَّذِينَ كَفَرُوا ۚ مَأْوَاكُمُ النَّارُ ۖ هِيَ مَوْلَاكُمْ ۖ وَبِئْسَ الْمَصِيرُ ١٥ i

57:15

Bugun sizlardan ham, kufr keltirganlardan ham to`lov olinmas. Joylaringiz jahannamda, u sizning egangizdir. Qanday ham yomon borar joy!» – derlar. (15)

أَلَمْ يَأْنِ لِلَّذِينَ آمَنُوا أَنْ تَخْشَعَ قُلُوبُهُمْ لِذِكْرِ اللَّهِ وَمَا نَزَلَ مِنَ الْحَقِّ وَلَا يَكُونُوا كَالَّذِينَ أُوتُوا الْكِتَابَ مِنْ قَبْلُ فَطَالَ عَلَيْهِمُ الْأَمَدُ فَقَسَتْ قُلُوبُهُمْ ۖ وَكَثِيرٌ مِنْهُمْ فَاسِقُونَ ١٦ i

57:16

Iymon keltirganlar uchun Allohning zikriga va nozil bo`lgan haqqa qalblari yumshash, ayni chog`da, oldin kitob berilgan, so`ng muddat o`tishi bilan qalblari qotib qolgan, ko`plari fosiq bo`lganlarga o`xshamaslik vaqti kelmadimi?! (16)

اعْلَمُوا أَنَّ اللَّهَ يُحْيِي الْأَرْضَ بَعْدَ مَوْتِهَا ۚ قَدْ بَيَّنَّا لَكُمُ الْآيَاتِ لَعَلَّكُمْ تَعْقِلُونَ ١٧ i

57:17

Shuni bilinglarki, albatta Alloh o`lik yerni tiriltirur. Darhaqiqat, sizlarga oyatlarni bayon qildik, shoyadki, aql yuritsangizlar. (17)

إِنَّ الْمُصَّدِّقِينَ وَالْمُصَّدِّقَاتِ وَأَقْرَضُوا اللَّهَ قَرْضًا حَسَنًا يُضَاعَفُ لَهُمْ وَلَهُمْ أَجْرٌ كَرِيمٌ ١٨ i

57:18

Albatta, sadaqa qiluvchi erkagu ayol hamda Allohga qarzi hasana beruvchilarga (savob) ko`paytirib berilur. Ularga karamli ajr ham bor. (18)

وَالَّذِينَ آمَنُوا بِاللَّهِ وَرُسُلِهِ أُولَٰئِكَ هُمُ الصِّدِّيقُونَ ۖ وَالشُّهَدَاءُ عِنْدَ رَبِّهِمْ لَهُمْ أَجْرُهُمْ وَنُورُهُمْ ۖ وَالَّذِينَ كَفَرُوا وَكَذَّبُوا بِآيَاتِنَا أُولَٰئِكَ أَصْحَابُ الْجَحِيمِ ١٩ i

57:19

Allohga va Uning Payg`ambarlariga iymon keltirgan kishilar, ana o`shalar, siddiqlardir va Robbilari huzuridagi shohidlardir. Ularning ajrlari va nurlari bor. Kufr keltirganlar va oyatlarimizni yolg`onga chiqargan kishilar, ana o`shalar do`zax egalaridir. (19)

اعْلَمُوا أَنَّمَا الْحَيَاةُ الدُّنْيَا لَعِبٌ وَلَهْوٌ وَزِينَةٌ وَتَفَاخُرٌ بَيْنَكُمْ وَتَكَاثُرٌ فِي الْأَمْوَالِ وَالْأَوْلَادِ ۖ كَمَثَلِ غَيْثٍ أَعْجَبَ الْكُفَّارَ نَبَاتُهُ ثُمَّ يَهِيجُ فَتَرَاهُ مُصْفَرًّا ثُمَّ يَكُونُ حُطَامًا ۖ وَفِي الْآخِرَةِ عَذَابٌ شَدِيدٌ وَمَغْفِرَةٌ مِنَ اللَّهِ وَرِضْوَانٌ ۚ وَمَا الْحَيَاةُ الدُّنْيَا إِلَّا مَتَاعُ الْغُرُورِ ٢٠ i

57:20

Bilingki, albatta, bu dunyo hayoti o`yin, ko`ngil ermagi va zeb-ziynatdan, o`zaro faxrlanishdan, mol-mulkni va bola-chaqani ko`paytirishdan iboratdir. U, xuddi, o`simligi dehqonlarni ajablantirgan yomg`irga o`xshaydir. Keyinroq bu o`simliklar quriydi va sarg`ayganini ko`rasan. So`ngra u xas-cho`pga aylanib ketadir. Oxiratda esa, qattiq azob bor, Allohdan mag`firat va rozilik bor. Bu dunyo hayoti g`ururga ketkazuvchi matodan o`zga hech narsa emas. (20)

سَابِقُوا إِلَىٰ مَغْفِرَةٍ مِنْ رَبِّكُمْ وَجَنَّةٍ عَرْضُهَا كَعَرْضِ السَّمَاءِ وَالْأَرْضِ أُعِدَّتْ لِلَّذِينَ آمَنُوا بِاللَّهِ وَرُسُلِهِ ۚ ذَٰلِكَ فَضْلُ اللَّهِ يُؤْتِيهِ مَنْ يَشَاءُ ۚ وَاللَّهُ ذُو الْفَضْلِ الْعَظِيمِ ٢١ i

57:21

Robbingizning mag`firatiga va Allohga hamda Uning Payg`ambarlariga iymon keltirganlar uchun tayyorlangan, kengligi osmonu yerning kengligicha bo`lgan jannatga musobaqalashing. Ana o`sha, Allohning fazli. Kimga xohlasa, beradi. Alloh ulug` fazl egasidir. (21)

مَا أَصَابَ مِنْ مُصِيبَةٍ فِي الْأَرْضِ وَلَا فِي أَنْفُسِكُمْ إِلَّا فِي كِتَابٍ مِنْ قَبْلِ أَنْ نَبْرَأَهَا ۚ إِنَّ ذَٰلِكَ عَلَى اللَّهِ يَسِيرٌ ٢٢ i

57:22

Biror musiybatni paydo qilmasimizdan oldin u Kitobda bitilgan bo`lur, aks holda, yer yuzida va o`z shaxslaringizda sizga biror musiybat yetmas. Albatta, bu ish Alloh uchun osondir. (22)

لِكَيْلَا تَأْسَوْا عَلَىٰ مَا فَاتَكُمْ وَلَا تَفْرَحُوا بِمَا آتَاكُمْ ۗ وَاللَّهُ لَا يُحِبُّ كُلَّ مُخْتَالٍ فَخُورٍ ٢٣ i

57:23

Toki, ketgan narsaga qayg`urib, kelgan narsadan xursand bo`lmasligingiz uchun. Alloh barcha dimog`dor va maqtanchoqlarni suymas. (23)

الَّذِينَ يَبْخَلُونَ وَيَأْمُرُونَ النَّاسَ بِالْبُخْلِ ۗ وَمَنْ يَتَوَلَّ فَإِنَّ اللَّهَ هُوَ الْغَنِيُّ الْحَمِيدُ ٢٤ i

57:24

Ular baxildirlar va kishilarni ham baxillikka buyururlar. Kim yuz o`girsa, bas, Alloh behojat va maqtalgan Zotdir. (24)

لَقَدْ أَرْسَلْنَا رُسُلَنَا بِالْبَيِّنَاتِ وَأَنْزَلْنَا مَعَهُمُ الْكِتَابَ وَالْمِيزَانَ لِيَقُومَ النَّاسُ بِالْقِسْطِ ۖ وَأَنْزَلْنَا الْحَدِيدَ فِيهِ بَأْسٌ شَدِيدٌ وَمَنَافِعُ لِلنَّاسِ وَلِيَعْلَمَ اللَّهُ مَنْ يَنْصُرُهُ وَرُسُلَهُ بِالْغَيْبِ ۚ إِنَّ اللَّهَ قَوِيٌّ عَزِيزٌ ٢٥ i

57:25

Darhaqiqat, Biz Payg`ambarlarimizni ravshan(narsa)lar ila yubordik va ular ila kitob hamda odamlar adolatda turishlari uchun mezon tushirdik. Va temirni tushirdik — unda katta kuch-quvvat va odamlar uchun manfaatlar bor. Alloh kim O`ziga va Payg`ambarlariga g`oyibona yordam berayotganini bilishi uchun. Albatta, Alloh kuchli va aziyzdir. (25)

وَلَقَدْ أَرْسَلْنَا نُوحًا وَإِبْرَاهِيمَ وَجَعَلْنَا فِي ذُرِّيَّتِهِمَا النُّبُوَّةَ وَالْكِتَابَ ۖ فَمِنْهُمْ مُهْتَدٍ ۖ وَكَثِيرٌ مِنْهُمْ فَاسِقُونَ ٢٦ i

57:26

Darhaqiqat, Nuh va Ibrohimni Payg`ambar qilib yubordik hamda Payg`ambarlikni va kitobni ikkovlarining zurriyotiga xos qildik. Ular orasida hidoyat topganlar bor, lekin ularning ko`plari fosiqlardir. (26)

ثُمَّ قَفَّيْنَا عَلَىٰ آثَارِهِمْ بِرُسُلِنَا وَقَفَّيْنَا بِعِيسَى ابْنِ مَرْيَمَ وَآتَيْنَاهُ الْإِنْجِيلَ وَجَعَلْنَا فِي قُلُوبِ الَّذِينَ اتَّبَعُوهُ رَأْفَةً وَرَحْمَةً وَرَهْبَانِيَّةً ابْتَدَعُوهَا مَا كَتَبْنَاهَا عَلَيْهِمْ إِلَّا ابْتِغَاءَ رِضْوَانِ اللَّهِ فَمَا رَعَوْهَا حَقَّ رِعَايَتِهَا ۖ فَآتَيْنَا الَّذِينَ آمَنُوا مِنْهُمْ أَجْرَهُمْ ۖ وَكَثِيرٌ مِنْهُمْ فَاسِقُونَ ٢٧ i

57:27

So`ngra ularning ortidan Payg`ambarlarimizni ketma-ket yubordik va Iyso ibn Maryamni ham ortlaridan yubordik hamda unga Injilni berdik. Unga ergashganlarning qalblariga mehribonlik va rahimdillikni soldik. Rohiblikni o`zlari chiqarib oldilar, Biz buni ularga farz qilmagan edik, faqat o`zlari Allohning roziligini tilab qildilar, lekin haqiqiy rioyasini qila olmadilar. Bas, ulardan iymon keltirganlariga ajrlarini berdik, lekin ularning ko`pi fosiqlardir. (27)

يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا اتَّقُوا اللَّهَ وَآمِنُوا بِرَسُولِهِ يُؤْتِكُمْ كِفْلَيْنِ مِنْ رَحْمَتِهِ وَيَجْعَلْ لَكُمْ نُورًا تَمْشُونَ بِهِ وَيَغْفِرْ لَكُمْ ۚ وَاللَّهُ غَفُورٌ رَحِيمٌ ٢٨ i

57:28

Ey, iymon keltirganlar! Allohga taqvo qilinglar va Uning Payg`ambariga iymon keltiringlar. U zot O`z rahmatidan sizlarga ikki hissa beradir va sizlarning yurishingizga nur beradir hamda sizlarni mag`firat qiladir. Alloh kechiruvchi, rahimli Zotdir. (28)

لِئَلَّا يَعْلَمَ أَهْلُ الْكِتَابِ أَلَّا يَقْدِرُونَ عَلَىٰ شَيْءٍ مِنْ فَضْلِ اللَّهِ ۙ وَأَنَّ الْفَضْلَ بِيَدِ اللَّهِ يُؤْتِيهِ مَنْ يَشَاءُ ۚ وَاللَّهُ ذُو الْفَضْلِ الْعَظِيمِ ٢٩ i

57:29

Toki kitob ahllari Allohning fazlidan hech narsaga qodir emasliklarini, fazl Allohning qo`lida bo`lib, xohlagan kishisiga berishini bilsinlar. Alloh ulug` fazl egasidir. (29)