Sura Hashr (Yig‘ilish) — سُورَةُ الحشر

Hashr surasi — Qur’onning ellik to‘qqizinchi surasi bo‘lib, unda Banu Nazir qabilasining surgun qilinishi bayon etiladi hamda iymonda ixlosning ahamiyati ta’kidlanadi.

Sura Hashr (Yig‘ilish) — سُورَةُ الحشر

Shuningdek quyidagicha tanilgan: Banī al-Naḍīr (Nadir avlodi)

سَبَّحَ لِلَّهِ مَا فِي السَّمَاوَاتِ وَمَا فِي الْأَرْضِ ۖ وَهُوَ الْعَزِيزُ الْحَكِيمُ ١ i

59:1

Osmonlardagiyu yerdagi barcha narsalar Allohni poklab yod etdi. U zot aziyz va hikmatli Zotdir. (1)

هُوَ الَّذِي أَخْرَجَ الَّذِينَ كَفَرُوا مِنْ أَهْلِ الْكِتَابِ مِنْ دِيَارِهِمْ لِأَوَّلِ الْحَشْرِ ۚ مَا ظَنَنْتُمْ أَنْ يَخْرُجُوا ۖ وَظَنُّوا أَنَّهُمْ مَانِعَتُهُمْ حُصُونُهُمْ مِنَ اللَّهِ فَأَتَاهُمُ اللَّهُ مِنْ حَيْثُ لَمْ يَحْتَسِبُوا ۖ وَقَذَفَ فِي قُلُوبِهِمُ الرُّعْبَ ۚ يُخْرِبُونَ بُيُوتَهُمْ بِأَيْدِيهِمْ وَأَيْدِي الْمُؤْمِنِينَ فَاعْتَبِرُوا يَا أُولِي الْأَبْصَارِ ٢ i

59:2

U zot ahli kitobdan bo`lgan kofirlarni o`z diyorlaridan birinchi hashr uchun chiqargan Zotdir. Ularni chiqar deb o`ylamagan edingiz. O`zlari ham, qo`rg`onimiz bizni Alloh(azobi)dan saqlab qolur, deb o`ylashardi. Alloh ular o`ylamagan tarafdan oldi va ularning qalbiga qo`rqinch soldi. Uylarini o`z qo`llari bilan va mo`minlarning qo`llari bilan buza boshladilar. Ibrat oling, ey, aql egalari! (2)

وَلَوْلَا أَنْ كَتَبَ اللَّهُ عَلَيْهِمُ الْجَلَاءَ لَعَذَّبَهُمْ فِي الدُّنْيَا ۖ وَلَهُمْ فِي الْآخِرَةِ عَذَابُ النَّارِ ٣ i

59:3

Mabodo, Alloh ularga ko`chishni yozmaganda ham, bu dunyoda ularni azoblar edi. Va ularga oxiratda do`zax azobi bordur. (3)

ذَٰلِكَ بِأَنَّهُمْ شَاقُّوا اللَّهَ وَرَسُولَهُ ۖ وَمَنْ يُشَاقِّ اللَّهَ فَإِنَّ اللَّهَ شَدِيدُ الْعِقَابِ ٤ i

59:4

Unday bo`lishi ular Allohga va Uning Rasuliga xilof qilganlari uchundir. Kimki Allohga xilof qilsa (unutmasinki), bas, albatta, Alloh azobi shiddatli Zotdir. (4)

مَا قَطَعْتُمْ مِنْ لِينَةٍ أَوْ تَرَكْتُمُوهَا قَائِمَةً عَلَىٰ أُصُولِهَا فَبِإِذْنِ اللَّهِ وَلِيُخْزِيَ الْفَاسِقِينَ ٥ i

59:5

Sizning xurmoni kesganingiz yoki aslida tik qoldirganingiz, faqat, Allohning izni bilan va buzg`unchilarni xorlashi uchun bo`ldi. (5)

وَمَا أَفَاءَ اللَّهُ عَلَىٰ رَسُولِهِ مِنْهُمْ فَمَا أَوْجَفْتُمْ عَلَيْهِ مِنْ خَيْلٍ وَلَا رِكَابٍ وَلَٰكِنَّ اللَّهَ يُسَلِّطُ رُسُلَهُ عَلَىٰ مَنْ يَشَاءُ ۚ وَاللَّهُ عَلَىٰ كُلِّ شَيْءٍ قَدِيرٌ ٦ i

59:6

Alloh O`z Rasuliga ulardan qaytarib bergan narsaga sizlar ot yoki tuya choptirib bormadingiz. Lekin Alloh O`z Payg`ambarini, kimning ustidan xohlasa, g`olib qiladi. Alloh har bir narsaga qodirdir. (6)

مَا أَفَاءَ اللَّهُ عَلَىٰ رَسُولِهِ مِنْ أَهْلِ الْقُرَىٰ فَلِلَّهِ وَلِلرَّسُولِ وَلِذِي الْقُرْبَىٰ وَالْيَتَامَىٰ وَالْمَسَاكِينِ وَابْنِ السَّبِيلِ كَيْ لَا يَكُونَ دُولَةً بَيْنَ الْأَغْنِيَاءِ مِنْكُمْ ۚ وَمَا آتَاكُمُ الرَّسُولُ فَخُذُوهُ وَمَا نَهَاكُمْ عَنْهُ فَانْتَهُوا ۚ وَاتَّقُوا اللَّهَ ۖ إِنَّ اللَّهَ شَدِيدُ الْعِقَابِ ٧ i

59:7

Alloh O`z Rasuliga shahar-qishloq ahlidan qaytarib bergan narsa... Allohgadir va Uning Rasuliga va yaqin qarindoshlariga, yetimlarga va miskinlarga va ko`cha o`g`illarigadir. Sizlardan boylaringiz orasida aylanadigan narsa bo`lib qolmasligi uchun. Payg`ambar sizga nimani bersa, o`shani olinglar va nimadan qaytarsa, o`shandan qaytinglar. Allohdan qo`rqinglar. Albatta, Alloh azobi zo`r Zotdir. (7)

لِلْفُقَرَاءِ الْمُهَاجِرِينَ الَّذِينَ أُخْرِجُوا مِنْ دِيَارِهِمْ وَأَمْوَالِهِمْ يَبْتَغُونَ فَضْلًا مِنَ اللَّهِ وَرِضْوَانًا وَيَنْصُرُونَ اللَّهَ وَرَسُولَهُ ۚ أُولَٰئِكَ هُمُ الصَّادِقُونَ ٨ i

59:8

O`z diyorlaridan va mol-mulklaridan judo qilingan faqir muhojirlargadir. Ular Allohdan fazl va Uning roziligini umid qiladilar. Allohga va Uning Rasuliga yordam beradilar. O`shandoq kishilar sodiqdirlar. (8)

وَالَّذِينَ تَبَوَّءُوا الدَّارَ وَالْإِيمَانَ مِنْ قَبْلِهِمْ يُحِبُّونَ مَنْ هَاجَرَ إِلَيْهِمْ وَلَا يَجِدُونَ فِي صُدُورِهِمْ حَاجَةً مِمَّا أُوتُوا وَيُؤْثِرُونَ عَلَىٰ أَنْفُسِهِمْ وَلَوْ كَانَ بِهِمْ خَصَاصَةٌ ۚ وَمَنْ يُوقَ شُحَّ نَفْسِهِ فَأُولَٰئِكَ هُمُ الْمُفْلِحُونَ ٩ i

59:9

U(muhojir)lardan avval bu joy(Madina)da yashagan va iymonga (ixlos qilganlar). Ular yurtlariga hijrat qilib kelganlarni sevarlar va ularga berilgan narsalarga qalblarida hasad qilmaslar. Va gar o`zlarining hojatlari bo`lsa ham, ularni o`zlaridan ustun qo`yarlar. Kim o`z nafsining baxilligidan saqlansa, undoq kishilar, ha, o`shalar yutuvchilardir. (9)

وَالَّذِينَ جَاءُوا مِنْ بَعْدِهِمْ يَقُولُونَ رَبَّنَا اغْفِرْ لَنَا وَلِإِخْوَانِنَا الَّذِينَ سَبَقُونَا بِالْإِيمَانِ وَلَا تَجْعَلْ فِي قُلُوبِنَا غِلًّا لِلَّذِينَ آمَنُوا رَبَّنَا إِنَّكَ رَءُوفٌ رَحِيمٌ ١٠ i

59:10

Ulardan keyin kelganlar: «Ey Robbimiz, bizni va bizdan avval iymon bilan o`tgan birodarlarimizni mag`firat qilgin, iymon keltirganlarga qalbimizda nafrat (paydo) qilmagin. Ey Robbimiz, albatta, Sen shafqatli va mehribonsan», derlar. (10)

أَلَمْ تَرَ إِلَى الَّذِينَ نَافَقُوا يَقُولُونَ لِإِخْوَانِهِمُ الَّذِينَ كَفَرُوا مِنْ أَهْلِ الْكِتَابِ لَئِنْ أُخْرِجْتُمْ لَنَخْرُجَنَّ مَعَكُمْ وَلَا نُطِيعُ فِيكُمْ أَحَدًا أَبَدًا وَإِنْ قُوتِلْتُمْ لَنَنْصُرَنَّكُمْ وَاللَّهُ يَشْهَدُ إِنَّهُمْ لَكَاذِبُونَ ١١ i

59:11

Nifoq qilganlarning ahli kitobdan bo`lgan o`z birodarlariga: «Agar sizlar (diyorlaringizdan) quvilsangiz, biz ham sizlar bilan ketamiz, sizni qo`yib hech qachon hech kimga itoat qilmasmiz va mabodo sizlarga urush qilinsa, albatta yordam berurmiz», deyishlarini ko`rmaysanmi? (11)

لَئِنْ أُخْرِجُوا لَا يَخْرُجُونَ مَعَهُمْ وَلَئِنْ قُوتِلُوا لَا يَنْصُرُونَهُمْ وَلَئِنْ نَصَرُوهُمْ لَيُوَلُّنَّ الْأَدْبَارَ ثُمَّ لَا يُنْصَرُونَ ١٢ i

59:12

Albatta, agar u(yahudiy)lar chiqarilsalar, (munofiqlar) ular bilan birga chiqmaslar. Va, albatta, agar u(yahudiy)larga (qarshi) urush qilinsa, (munofiqlar) yordam bermaslar. Bordi-yu, yordam berganlarida ham, ortlariga qarab qocharlar va ular yordamsiz qolarlar. (12)

لَأَنْتُمْ أَشَدُّ رَهْبَةً فِي صُدُورِهِمْ مِنَ اللَّهِ ۚ ذَٰلِكَ بِأَنَّهُمْ قَوْمٌ لَا يَفْقَهُونَ ١٣ i

59:13

Albatta, ularning qalblariga Allohdan ko`ra sizlar ko`proq qo`rqinchli tuyulasizlar. Chunki, ular yaxshi anglamaydigan qavmdir. (13)

لَا يُقَاتِلُونَكُمْ جَمِيعًا إِلَّا فِي قُرًى مُحَصَّنَةٍ أَوْ مِنْ وَرَاءِ جُدُرٍ ۚ بَأْسُهُمْ بَيْنَهُمْ شَدِيدٌ ۚ تَحْسَبُهُمْ جَمِيعًا وَقُلُوبُهُمْ شَتَّىٰ ۚ ذَٰلِكَ بِأَنَّهُمْ قَوْمٌ لَا يَعْقِلُونَ ١٤ i

59:14

Sizlarga qarshi uyushib, ochiq urush qila olmaslar, balki qo`rg`on bilan o`ralgan qishloqlarda yoki devorlar ortiga bekinib olib urush qilurlar. O`z oralarida adovatlari shiddatli. Ularni bir deb o`ylaysan. Holbuki, qalblari tarqoqdir. Bu hol ularning aql yuritmaydigan qavm ekanliklaridandir. (14)

كَمَثَلِ الَّذِينَ مِنْ قَبْلِهِمْ قَرِيبًا ۖ ذَاقُوا وَبَالَ أَمْرِهِمْ وَلَهُمْ عَذَابٌ أَلِيمٌ ١٥ i

59:15

Bu, xuddi, yaqinda o`z qilmishlarining oqibatini tatib ko`rganlarga o`xshashdir. Va ularga (oxiratda) alamli azoblar bor. (15)

كَمَثَلِ الشَّيْطَانِ إِذْ قَالَ لِلْإِنْسَانِ اكْفُرْ فَلَمَّا كَفَرَ قَالَ إِنِّي بَرِيءٌ مِنْكَ إِنِّي أَخَافُ اللَّهَ رَبَّ الْعَالَمِينَ ١٦ i

59:16

Bu, xuddi, shayton insonga, «kofir bo`l», degan paytga o`xshaydir. U kufr keltirganda esa: «Sen bilan mening ishim yo`q, men olamlar Robbi — Allohdan qo`rqaman», dedi. (16)

فَكَانَ عَاقِبَتَهُمَا أَنَّهُمَا فِي النَّارِ خَالِدَيْنِ فِيهَا ۚ وَذَٰلِكَ جَزَاءُ الظَّالِمِينَ ١٧ i

59:17

Bas, ularning oqibatlari bir — albatta, ikkovlari ham do`zaxda bo`lurlar, u yerda abadiy qolurlar. Va bu zolimlarning jazosidir. (17)

يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا اتَّقُوا اللَّهَ وَلْتَنْظُرْ نَفْسٌ مَا قَدَّمَتْ لِغَدٍ ۖ وَاتَّقُوا اللَّهَ ۚ إِنَّ اللَّهَ خَبِيرٌ بِمَا تَعْمَلُونَ ١٨ i

59:18

Ey, iymon keltirganlar! Allohga taqvo qilinglar! Har kim ertalik kun uchun nima qilganiga nazar solsin. Allohga taqvo qilinglar! Albatta, Alloh nima qilayotganingizdan xabardordir. (18)

وَلَا تَكُونُوا كَالَّذِينَ نَسُوا اللَّهَ فَأَنْسَاهُمْ أَنْفُسَهُمْ ۚ أُولَٰئِكَ هُمُ الْفَاسِقُونَ ١٩ i

59:19

Allohni unutganlarga o`xshagan bo`lmanglar. U zot ularga o`z shaxslarini unuttirdi. Undoq kishilar fosiqdirlar. (19)

لَا يَسْتَوِي أَصْحَابُ النَّارِ وَأَصْحَابُ الْجَنَّةِ ۚ أَصْحَابُ الْجَنَّةِ هُمُ الْفَائِزُونَ ٢٠ i

59:20

Olov egalari va jannat egalari teng emaslar. Jannat egalari yutuqqa erishganlardir. (20)

لَوْ أَنْزَلْنَا هَٰذَا الْقُرْآنَ عَلَىٰ جَبَلٍ لَرَأَيْتَهُ خَاشِعًا مُتَصَدِّعًا مِنْ خَشْيَةِ اللَّهِ ۚ وَتِلْكَ الْأَمْثَالُ نَضْرِبُهَا لِلنَّاسِ لَعَلَّهُمْ يَتَفَكَّرُونَ ٢١ i

59:21

Agar ushbu Qur'onni toqqa tushirganimizda edi, uning Allohdan qo`rqqanidan titrab-qaqshab, parchalanib ketganini ko`rar eding. Ushbu misollarni odamlarga keltirurmiz, shoyadki, ular fikr yuritsalar. (21)

هُوَ اللَّهُ الَّذِي لَا إِلَٰهَ إِلَّا هُوَ ۖ عَالِمُ الْغَيْبِ وَالشَّهَادَةِ ۖ هُوَ الرَّحْمَٰنُ الرَّحِيمُ ٢٢ i

59:22

U — Alloh Undan o`zga iloh yo`q Zotdir. U g`oyibni ham, oshkorni ham biluvchidir. U mehribon va rahimlidir. (22)

هُوَ اللَّهُ الَّذِي لَا إِلَٰهَ إِلَّا هُوَ الْمَلِكُ الْقُدُّوسُ السَّلَامُ الْمُؤْمِنُ الْمُهَيْمِنُ الْعَزِيزُ الْجَبَّارُ الْمُتَكَبِّرُ ۚ سُبْحَانَ اللَّهِ عَمَّا يُشْرِكُونَ ٢٣ i

59:23

U — Alloh Undan o`zga iloh yo`q Zotdir. U — Malik, U — Quddus, U — Salom, U — Mu'min, U — Muhaymin, U — Aziyz, U — Jabbor, U — Mutakabbirdir. Alloh ular shirk keltirayotgan narsalardan pokdir. (23)

هُوَ اللَّهُ الْخَالِقُ الْبَارِئُ الْمُصَوِّرُ ۖ لَهُ الْأَسْمَاءُ الْحُسْنَىٰ ۚ يُسَبِّحُ لَهُ مَا فِي السَّمَاوَاتِ وَالْأَرْضِ ۖ وَهُوَ الْعَزِيزُ الْحَكِيمُ ٢٤ i

59:24

U — Alloh — Xoliq, Bori', Musovvirdur. Barcha go`zal ismlar Unikidir. Osmonlaru yerdagi barcha narsalar Uni poklab yod etadilar. Yana U — Aziyz va Hakiymdir. (24)